14.2. Qishloq xo’jaligi marketingi funktsiyalari
Marketing funktsiyasi ishlab chiqarish – sotishni tashkil etish faoliyati bilan boshqaruv
kontseptsiyasi sifatida boshqaruvning barcha turlariga xos umumiy funktsiyalarga ega.
Aynan rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat marketing
strategiyasi va dasturini ishlab chiqishni, marketing xizmatining strukturasini
shakllantirishni, ular faoliyatini boshqa bo’limlar bilan muvofiqlashtirishni, marketing
faoliyatini nazorat qilishni va uning faoliyatiga baho berishni ko’zda tutadi.
Ayni vaqtda, barcha boshqaruv jarayonlariga xos bo’lgan bu asosiy funktsiyalar
marketing faoliyati uchun maxsus bo’lgan funktsiyalar bilan konkretlashtirilgan va
to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Unga analitik, tovar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish
va aynan:
91
qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozori, bozor muhiti vaiste’molchilar talablarini
kompleks tarzda tadqiq qilish;
bozorni segmentlash;
qishloq xo’jaligi fermeri va shirkat xo’jaligining ishlab chiqarish – sotishni tashkil
etish imkoniyatlari tahlili;
maqsadli bozor tanlovi;
tovar siyosati;
narx siyosati;
sotish (tarqatish) siyosati;
kommunikatsion siyosat (qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabni
shakllantirish va sotishni rag’batlantirish)lar kiradi.
Bozor, bozor muhiti iste’molchilar talablarini kompleks tarzda tadqiq qilish yoki
analitik funktsiya – ko’p vaqt, moliyaviy va infarmatsion resurslarni hamda marketing
bo’yicha mutaxasislarni yuqori tayorgarligini talab etadigan muhim ishdir. Bu tadqiqot
quyidagi muhim yo’nalishlarni qamrab oladi:
marketing muhitini o’rganish: tadbirkorlik faoliyati geografik va demografik
shartlarini, iqtisodiy va ilmiy – texnikaviy, siyosiy – huquqiy, ijtimoiy – madaniy
xususiyatlarini, shu bilan birga, raqobatchi, vositachi, yetkazib beruvchi qishloq xo’jaligi
fermeri va shirkat faoliyatining maxsus xususiyatlari va ularning munosabatlari xarakterini
bilish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorining jami xususiyatlari tahlili: talab, taklif,
sig’im, talab elastikligi, narx elastligi, raqobat darajasi;
muayyan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining iste’mol hususiyatlari va bozordagi
harakati, shu bilan birga istemolchilar xohishi va ularning tovar haqidagi tasavvurlari tahlili;
bozorning qishloq xo’jaligi fermeri va shirkat xo’jaligi tarkibi tahlili: sotib oluvchi
qishloq xo’jaligi fermeri va shirkatlar, raqobatchi qishloq xo’jaligi fermeri va shirkatlar,
betaraf qishloq xo’jaligi fermeri va shirkatlarni ko’rib chiqish;
savdo shakllari va uslublari tahlili;
iste’molchilarni (individual va kollektiv) va ularning sotib olishdagi hatti –
harakatlarini o’rganish.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozori segmentatsiyasi marketing ishining tarkibiy
qismi bo’lib, bozorni segmentlarga, yani bir xil talab xarkteriga ega bo’lgan iste’molchilar
guruhi va qishloq xo’jaligi fermeri va shirkat xo’jaliklarining marketing tasiriga bo’lgan bir
turdagi ta’siridir.
Bozor segmentatsiyasi qishloq xo’jaligi mahsulotlarining individuallashtirish siyosati
bilan bog’langan. Marketing yondashishi barcha iste’molchilarga hisoblangan standart,
universal tovar tayorlash zaruratidan voz kechadi va biznesning optimalligini va raqobat
afzalligi taklifini individuallashtirish va rang – barang qilishda ko’radi.
Maqsadli bozorni tanlash – marketing tadqiqotlarining muhim urinishidir, chunki
karxona faqat bozor ehtiyojini va o’z imkoniyatlarini aniqlabgina bozor talablarini o’z
potentsiali va istiqbol rivojlanishi bilan moslashtira oladi va jamlangan marketing ishi
uchun muayyan bir segmentni samarali ravishda tanlay oladi.
Maqsadli bozorni tanlash bir tamondan, bozor segmentlari talablari baholanishi
asosida, ikkinchi tamondan, qishloq xo’jaligi o’z imkoniyatlari asosida, ular o’rtasidagi
muvozanat va balansni o’rnatish maqsadida quriladi.
Maqsadli bozor shunday bozor segmentini, unda nafaqat raqobat afzalliklari, balki bir
necha raqobat kamchiliklari ham shu qishloq xo’jaligi fermeri, shirkat va qishloq xo’jaligi
|