89
14-BOB. AGROSANOAT MAJMUASI MARKETINGI VA UNI SAMARADORLIGI
14.1. “Marketing” tushunchasi, uning mohiyati va samaradorligi
14.2. Qishloq xo’jaligi marketingi funktsiyalari
14.3. Qishloq xo’jaligi marketingi strategiyasini tuzish
14.1. “Marketing” tushunchasi, uning mohiyati va samaradorligi
Marketing
(inglizcha market-bozor) –
tadbirkor muhitini, bozorni, iste’molchining
aniq talabini va ular uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni ko’zda tutishni
o’rganishga asoslangan, qishloq xo’jaligi korxonalarining ishlab chiqarish, sotish va xizmat
ko’rsatish bilan bog’liq bozor kontseptsiyasidir. Qishloq xo’jaligi marketingining maqsadi -
talabni shakllantirish va rag’batlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab
chiqaruvchisi ishning
rejalari va qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining asosliligini ta’minlash hamda qishloq
xo’jaligi mahsulotlarining savdo ko’lami, bozor hissasi va foydasini ko’paytirishdan iborat.
Sotiladigan, ya’ni bozori chaqqon qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish – qishloq
xo’jaligi fermeri faoliyatiga marketing nuqtai nazaridan yondashishining asosiy nishonidir.
Boshqacha qilib aytganda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidan oldin, qo’lga kiritilgan
ma’lumotlarga
qishloq
xo’jaligi
mahsulotlarini
to’liq
ishlab
chiqarish
va
mukammallashtirish va shundan keyingina shu tovar bilan bozorga chiqish, qishloq xo’jaligi
fermeri aniq (konkret) iste’molchilari talablarini puxta o’rganishni tartibga solish kerak.
Qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini yetishtirib, keyin uni sotish bilan bog’liq bo’lgan
qiyinchiliklarga duch kelmaslik lozim.
Dostları ilə paylaş: