O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/124
tarix05.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#173167
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   124
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n (2)

Marketing 
– iste’molchi talabi tahlili va nazarda tutilishining ilmiy ishlab chiqilgan 
kontseptsiyasi. Bu rag’batlantirish, reklama andozalarini o’z ichiga olgan sotishni tashkil 
qilish tizimidir. 
Marketing
– peshtaxtaning boshqa tomonida turib biznesga iste’molchi 
ko’zi bilan qaray olishdir. Bu xaridor topish va uni ushlab turish, unga raqobatchiga ko’ra 
yaxshiroq va tezroq xizmat ko’rsatish va uning talablarini qondirish qobiliyatidir.
Sotishni tashkil qilish va ishlab chiqarish tizimining tarixiy taraqqiyoti bozor 
munosabatlarining xususiyati va bozorda talab va taklifning o’zaro munosabatlari bilan 
bog’liq ravishda vujudga kelgan.
Birinchi bosqichda tovar sotilishini tashkil qilishning ishlab chiqarish tizimi o’z aksini 
topgan “tovar - xaridor” (xaridor talabi taklifni qamrab oladi) tizimidir. Bunda sotuvchi 
bozorning tavarga bo’lgan talablaridan holi holda uni ishlab chiqaradi va hech qanday 
qo’shimcha xarajat va qiyinchiliksiz sotadi. Bu usul “sotuvchi bozori” sharoitida o’z 
samarasini beradi. Bunday holatda ishlab chiqaruvchining asosiy vazifasi – ishlab chiqarish 
quvvatini oshirish va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chiqarishni ko’paytirish hamda 
xarajatlar va narx raqobatini kamaytirishdir. Tovar sotishni tashkil qilishning ishlab 
chiqarish tizimi aniq ko’rinishi – tovar tizimi bo’lib, uni ishlab chiqaruvchining asosiy 
e’tibori chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning xossa va sifatini mukammallashtirishga 
qaratiladi. Ishlab chiqaruvchi yuqori sifatli tovar reklamaga muhtoj emas va u har doim o’z 
xaridorini topadi, degan kontsentsiyadan kelib chiqadi. 
Ikkinchi bosqichda yanada murakkabroq tip vujudga keladi – sotishni tashkil etish 
tizimi: “tovar - sotishni rag’batlantirish - iste’molchi”. Boshqacha qilib aytganda, 
noma’lum xaridor uchun chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini bozorga kiritish tizimi. 
U ko’proq talab va taklif nisbatan muvozanatda bo’lgan yoki taklif talabdan ozroq oshgan 
vaziyatga mos tushadi. Bozorda shunday holat yaratiladiki, unda xaridorlarga kerak bo’lgan 


90 
tovarlar taklif ko’rinishida mavjud bo’ladi va sotuvchining vazifasiga axborat berish, 
xaridorni qiziqtirish va uni raqobatchilarning emas, balki o’zining tovarini sotib olishga 
undash kiradi. Bu holatda sotuvchi o’z qishloq xo’jaligi mahsulotlari reklamasiga, uning 
sotilishini rag’bantlantirishga, texnik xizmat ko’rsatishga va boshqa shunga o’xshash 
narsalarga qo’shimcha xarajatlar qiladi. 
Undan tashqari, sotuvchi uchun savdo – sotiqning samaradorligini oshiruvchi asosiy 
omil qishloq xo’jaligi mahsulotlarining sifatini yaxshilashdir. 
Uchinchi bosqich – bozor talablari va xaridorlarning aniq ehtiyojlari bilan ishlab 
chiqarish vazifalarining bog’liqligiga asoslangan ishlab chiqarish – sotishni tashkil etish 
tizimining vujudga kelishi. Bunday tizim quydagilarni o’z ichiga oladi: “bozorni o’rganish -
fan yangiliklarini joriy etish - qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarilishi -
talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish - istemolchi”. Bu tizim “xaridor bozori” 
sharoitida qo’llanadi va ancha keng tarqalgan marketing kontseptsiyasi hisoblanadi. 
Qishloq xo’jaligi fermerining ishlab chiqarish – sotishni tashkil etish va ilmiy – 
texnikaviy faoliyati bilan boshqarish kontseptsiyasi sifatida marketing o’tgan asrning 60-70-
yillarida vujudga kelgan (marketing tadqiqotlarining ilk kurtaklari 30-yillarning oxirida va 
bevosita ikkinchi jahon urishidan so’ng kuzatilgan).
Qishloq xo’jaligi marketingi uchun quyidagi asosiy holatlar yoki tamoyillar mosdir: 
1.
qishloq xo’jaligi biznesining iste’molchilar talablarigi qarab ish tutishi; 
2.
segmentatsiya va maqsadli bozorni aniqlash; 
3.
ishlab chiqarish va sotishni tashkil etishning aktiv va potentsial iste’molchilarning 
talablariga va bozor sharoitlarining o’zgarishiga moslashishi yoki egiluvchan ta’siri; 
4.
yangiliklar kiritish; 
5.
strategik rejalashtirish va boshqalar. 
Qishloq xo’jaligi fermerining iste’molchilar talablariga yo’naltirishi ko’p tajriba talab 
qiladigan ilmiy – amaliy, tadqiqot va analitik ishni, bozor ehtiyojini chuqur va har 
tomonlama o’rganishni, bozor muhiti va iste’molchining motivatsiyasini o’rganishni 
nazarda tutadi.
Analiz uchun bozor hajmi, narxni tashkil etish tizimi, narx sur’ati, qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarining iste’mol xususiyati, hamkor qishloq xo’jaligi fermerlari ishining qurilishi 
va uslublari spetsifikasi, sotishni tashkil etish kanallari, sotishni rag’batlantirish usullari
savdo ishining o’ziga mosligi va boshqalar kerak bo’ladi. 
Qishloq xo’jaligi fermeri va shirkat xo’jaliklari ichidagi rejalashtirish marketing 
dasturlariga tayangan holda o’zining asosliligi va realligi bilan ajralib turadi va ma’lum 
darajada bozor raqobatining keskinligini yumshatishga xizmat qiladi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin