Mavzu: korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlatilishi bajardi



Yüklə 67,14 Kb.
səhifə1/12
tarix27.12.2023
ölçüsü67,14 Kb.
#198656
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi mavzu korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlati-fayllar.org


Kurs ishi mavzu: korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlatilishi bajardi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM. FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “BUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK “ FAKULTETI
“IQTISOD” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: KORXONA FOYDASI, UNING TAQSIMLANISHI VA ISHLATILISHI


Bajardi: Yo’ldoshev Farhod Axmad o’g’li
BUdjet hisobi va g’aznachilik fakulteti. ILHKM_71.
Ilmiy rahbar: Asatullayev.X.S
Reja
Kirish
1.Korxona xarajatlari va foydasi.
2. Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi
3.Korxonadagi ish faoliyati va resurslari.
4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish xarajatlari mazmuni va tarkibi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


KIRISH
Har qanday kompaniya, o'z mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish, xizmatlar ko'rsatish - mustaqil xo'jalik yurituvchi sub'ekt. Qoida tariqasida, u yuridik shaxs maqomiga ega, o'zining bank hisoblari, o'z hisobot tizimi va brendiga ega. Korxonalar tovarlar va xizmatlarga bo'lgan talabni qondirish orqali foyda olish maqsadida tashkil etiladi. Korxona yaratishda bozor sharoitlari qanchalik yaxshi hisobga olinsa, uning muvaffaqiyatli bo'lish imkoniyati shuncha ko'p bo'ladi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi o‘rinni egallaydi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning salmoqli qismi shu sohada yetishtiriladi. Aholining 60 foizdan ortiq qismi qishloqda yashaydi. Shuning uchun sohani rivojlantirish masalasiga mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq katta e’tibor berila boshlandi, ya’ni qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida qator qonunlar, farmonlar va qarorlar qabul qilindi, natijada ushbu sohada ular o 'z samarasini bera boshladi. Shular orasida 0 ‘zbekiston Prezidentining 2003-y il 24-martda «Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishnng eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida» qabul qilgan farmoni qishloq xo'jaligini rivojlantirishda muhim rol’ o ‘ynadi. Mazkur farmon qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqaruvchilarning asosiy subekti sifatida fermer xo‘jaligini rivojlantirishni ustivor yo‘nalish deb belgilab berdi. Shundan keyin fermer xo‘jaliklari rivojlanib, ishlab chiqarish hajmi keskin o ‘sdi va o‘sib bormoqda. 2008-yilda yetishtirilgan paxta xomashyosining 99,1 foizi, g'allaning 79,2 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga to 'g ‘ri keldi. Bu m a’lumotlardan ko'rinib turibdiki, fermer xo‘jaliklari yildan-yilga o‘sib va taraqqiy etib, iqtisodiyotda salmoqli o ‘rinni egallab bormoqda. Qishloq xo'jalik korxonalarida ishlab chiqarishni yanada samarali rivojlantirish uchun ular faoliyatining barcha tomonlarida sodir boMgan va boMayotgan jarayonlarni, ularning natijalarini har taraflama chuqur o'rganish va nazorat qilish natijasida mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni ishlab chiqarishga jalb etish bo‘yicha yo'l-yo'riqlarni ko'rsatish zarur. Bu muammolarni hal qilishda iqtisodiy tahlil va nazoratning roli nihoyatda kattadir. Har bir qishloq xo'jaligi korxonasining faoliyatini har tomonlama va chuqur tahlil va nazorat qilish orqali mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish, tannarxni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, foydani ko'­ paytirish, toMov qobiliyatini oshirish, moliyaviy barqarorlikni yaxshilash imkoniyatlari aniqlanadi. Mavjud bo'lgan imkoniyatlarni aniqlab, ulardan samarali foydalanish nafaqat xo'jalik iqtisodiyotining, balki mamlakat milliy iqtisodiyotining rivojlanishida ham muhim rol o'ynaydi. Ushbu qonuniyatni kelajakda mustaqil Vatanimiz ravnaqi yo'lida xizmat qiladigan har bir talaba mukammal va to'liq bilib olishi zarur. Talaba bu sharafli burchi va vazifasini har doim yodida saqlashi zarur. Shuning uchun bilim olayotgan har bir talaba, har bir mutaxassis hamda faoliyat ko'rsatayotgan fermer iqtisodiy tahlil va nazoratni ham nazariy, ham uslubiy jihatdan yaxshi o'zlashtirib olgan boiishi kerak. Iqtisodiy tahlil va nazorat asoslarini talaba asosan oliy o'quv yurti bazasida egallaydi. Shuning uchun o'quv rejaning III - «Umumkasbiy fanlari» blokida «Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati» faniga 92 soat, shu jumladan ma’ruzaga 28 soat, amaliy mashg'ulotga 28 soat, mustaqil ishga 36 soat hajmida yuklama ajratilgan. Talabalar bu fan orqali qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatida sodir bo'lgan va bo'layotgan iqtisodiy jarayonlaming holati va ularning natijalarini omilli tahlil etish va nazorat qilish hamda choratadbirlar ishlab chiqish usullarini va jarayonlaming qonuniyatlarini o'rganishadi va egallashadi, oqibatda korxona to'g'risidagi axborot ma’lumotlarini to'plash, qayta ishlash va ularni tahlil qilish hamda xo'jalik mulkining saqlanishi ustidan nazorat o'rnatish ko'nikmalarini egallashadi. M a’lumki. zamon talabiga javob beradigan sifatli kadrlarni tayyorlash uchun ularni darslik va o'quv qo'llanmalar kabi o'quv adabiyotlari bilan yetarli darajada ta’minlash zarur. Shu nuqtayi nazardan «Fermer xo'jaligini boshqarish» yo'nalishi bo'yicha ta’lim olayotgan talabalarga uslubiy jihatdan yordam berish hamda fan bo'yicha mavjud bo'lgan bo'shliqni qisman to'ldirish maqsadida mualliflar ushbu darslikni tayyorlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'iyshdi. Mazkur darslik talabalarga korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati fani bo'yicha nazariy va uslubiy bilimlarni berishga hamda ularda zaruriy amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga m o'ljallangan. Darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2006-yil 10-avgustda tasdiqlangan «Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati» fanining o'quv dasturiga to'liq mos holda tayyorlangan. Fanning metodologik asosi. Barcha fanlar kabi tahlil va nazorat fanining ham metodologik asosi bo'lib, falsafaning bilish nazariyasi hisoblanadi. Bu nazariya tabiat va jamiyatda sodir bo'ladigan hodisa va jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog'liqlikda, harakatda va o'zgarishda deb ta’lim beradi. Tahlil va nazorat fani ham, ushbu nazariya asosida, iqtisodiy jarayonlarni ifodalaydigan ko'rsatkichlarni uzviy bog'liqlikda, harakatda va o'zgarishda deb qaraydi, o'rganadi va xulosalar chiqaradi. Fanning maqsadi. Fanning maqsadi bo'lib, qishloq xo'jalik korxonalari faoliyatining barcha tomonlarida obyektiv va subyektiv omillar ta’siri ostida 4 sodir boMgan va boiayotgan iqtisodiy jarayonlar va ularning natijalarini o‘rganish va nazorat qilish usullarining mazmun-mohiyatini yoritish hamda talaba egallashi lozim boigan bilim va ko‘nikrnalarni hosil qilish hisoblanadi.
Fanning vazifalari. Fanning vazifalari bo'lib, qishloq xo'jalik korxonalarining boshqaruv va moliyaviy faoliyatlarida sodir bo'lgan va bo'layotgan iqtisodiy jarayonlar va ularning natijalarini tahlil etish va nazorat qilish usullarining mazmun-mohiyatini talabalarga o'rgatish hisoblanadi. Fanning yechimini kutayotgan muammolari. Iqtisodiy tahlil fanining echimini kutayotgan muammolari bo'lib, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligining ayrim ko'rsatkichlarini tahlil etish va nazorat qilish usullarini takomillashtirish masalasi hisoblanadi. Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati fani iqtisodiyot nazariyasi, falsafa, mikro-makroiqtisodiyot, statistika, moliya, buxgalteriya hisobi, huquqshunoslik kabi boshqa fanlar bilan ham o'zaro bog'liqlikda bo'ladi. Masalan, tahlil fani iqtisodiyot nazariyasining umumiqtisodiy qonuniyatlari, kategoriyalari va atamalari asosida iqtisodiy jarayonlar va ularning natijalarini o'rganadi. Falsafaning «Bilish nazariyasi»ga asoslanib, iqtisodiy tahlil o'zining usullarini ishlab chiqadi va predmetini o'rganishda ulardan foydalanadi. Shularga o'xshash, boshqa fanlar bilan ham uzviy bog'liqlikda bo'ladi. Tahlil va nazoratning bo‘lajak mutaxassisning kasbiy faoliyatidagi ahamiyati. Joriy, tezkor va istiqbolIi tahlil usullarini iqtisodiy jarayonlarni o'rganishda qoilashga, korxona faoliyatidagi jarayonlan.i axborot manbalaridan foydalanib, to'g'ri ta’riflashga, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanganlik darajasiga obyektiv baho bera olishligiga, mahsulotlarni sotishdan. asosiy va umumxo'jalik faoliyatidan ko'rilgan moliyaviy natijalarni to'g'ri aniqlay bilishga, xo'jalikning moliyaviy barqarorligi va to'lovga qodirligi holatini o'rganib, raqobatga barboshli bo'lishlik uchun amalga oshiriladigan tadbirlarni ishlab chiqa bilishga, xo'jalikning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar berishga va nazoratni usullarini qo'llashga o'rgata bilishligi bilan bo'lajak mutaxassisning kasbiy faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi. Fanga tegishli sohaning darslikda yoritilishi. Darslikda aks ettirilgan masalalarning ham nazariy, ham uslubiy jihatlari qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi sohalari — o'simlikchilik va chorvachilik tarmoqlarining hisobot ma’lumotlari asosida yoritilgan. Fanning umumiy o‘quv m aqsadlari. «Ferm er xo'jaligini boshqarish» yo'nalishi bo'yicha ta’lim olayotgan bakalavrlarga olishi zarur bo'lgan 5 bilim larni berish ham da egallashi zarur boMgan ko‘nikma va m alakani hosil qilish tahlil va nazorat fanining umumiy maqsadlari bo‘lib hisoblanadi. Bakalavrlarning qishloq xo'jalik korxonalarida iqtisodiy tahlilni tashkil etishi va amalga oshirishi hamda nazorat haqidagi bilimga ega boiishiga, ho'jaliklarning hisobi, hisobotlari va biznes-rejalaridan hamda yuridik hujjatlardan mustaqil foydalanib, barcha faoliyatlarining natijalarini omilli tahlil qilish va nazoratni o'tkazish usullarining mazmun-mohiyatini egallashiga hamda tahlil natijalariga kompleks baho berish ko'nikmalari va malakasiga ega bo'lishiga imkoniyatlar berishi fanning umumiy o'quv maqsadlari bo'lib hisoblanadi. Darslik qishloq xo'jalik oliy o'quv yurtlarining «Fermer xo'jaligini boshqarish» ta’lim yo'nalishi bo'yicha o'qiyotgan talabalarga va shu fandan dars berayotgan o'qituvchilarga hamda shu soha mutaxassislari va ferm erlariga m o'ljallangan. Undan «Iqtisodiyot» va «Buxgalteriya hisobi va audit» yo'nalishlari bo'yicha o'qiyotgan talabalar ham, dars berayotgan o'qituvchilar ham, buxgalter va iqtisodchilar ham foydalanishlari mumkin.

Yüklə 67,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin