Mavzu: korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlatilishi bajardi


Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi



Yüklə 67,14 Kb.
səhifə3/12
tarix27.12.2023
ölçüsü67,14 Kb.
#198656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi mavzu korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlati-fayllar.org

1.Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) oʻz faoliyati natijalaridan koʻproq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat oʻzining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini koʻrsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon boʻladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni: w = c + v + m, bu yerda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s – iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – ishchi kuchi qiymati (ish haqi); m – qoʻshimcha qiymat. Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari faqat tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz ichiga olib, tovar birligi qiymatining faqat bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam boʻladi. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bogʻliq boʻlib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.
2. Ishlab chiqarish harajatlari turlari
Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi boʻyicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar oʻz resurslari yoki jalb qilingan resurslar boʻlishi mumkin. SHunga koʻra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga boʻlinadi. Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan toʻlov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlardir. Korxonaning oʻziga tegishli boʻlgan resurslardan foydalanishi bilan bogʻliq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Oʻzgaruvchi xarajatlar (OʻX) deb ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va oʻzgaruvchi xarajatlar yigʻindisi umumiy xarajatlar (UX)ni tashkil qiladi.

Yüklə 67,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin