195
Ta’rif ish haqi fondi
- ishlab chiqarish texnologiyasiga ko’ra bajariladigan ishning
hajmi, me’yori va razryadi stavkasiga ko’ra aniqlanadigan ish haqi fondi.
Ta’rif jadvali
– mehnatga haq to’lash razryadlari, ta’rif koeffitsentlari va stavkalarini
ichiga olgan jadval.
Tuproq unumdorligi
– tuproqning mahsulot berish qobiliyati. Unumdorlikning
tabiiy, sun’iy va iqtisodiy turlari mavjud. Tuproqning tabiiy unumdorligi – inson
aralashmasdan hosil berish qobiliyati. Bu unumdorlik insonning mehnati bilan vujudga
kelmagan. Uni tabiat yaratgan. Sun’iy unumdorlik – inson mehnatining mahsuli. Iqtisodiy
unumdorlik tuproqning tabiiy va sun’iy unumdorligining yig’indisidir.
Ustav fondi
- korxonalar faoliyatini ta’minlash uchun ta’sischilar tomonidan dastlab
kiritiladigan va keyinchalik ko’paytirib borish mumkin bo’lgan, hajmi korxonaning ustavida
belgilab qo’yiladigan mablag’. SHirkat xo’jaliklarida pay fondi va bo’linmas fonddan iborat
bo’ladi.
Xarajatlar
- hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning
ko’payishi.
Qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat xo’jaligi)
– tovar qishloq xo’jalik mahsuloti
yetishtirish uchun pay usulga va asosan oila (jamoa) pudratiga, fuqarolarning ixtiyoriy
ravishda birlashishiga, boshqarishning umumiyligiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga
asoslangan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt.
Dostları ilə paylaş: