O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Soliq to’lagungacha olingan foyda -



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/124
tarix05.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#173167
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n (2)

Soliq to’lagungacha olingan foyda -
u umum xo’jalik faoliyatidan olingan foyda,
plyus favqulodda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlardan ko’rilgan foyda va minus zarar sifatida 
aniqlanadi. 
Tarmoq - 
qo’llanilayotgan vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil qilish 
xususiyati hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko’ra bir-biridan farq qiladigan 
ishlab chiqarishning bir qismi. 


195 
Ta’rif ish haqi fondi
- ishlab chiqarish texnologiyasiga ko’ra bajariladigan ishning 
hajmi, me’yori va razryadi stavkasiga ko’ra aniqlanadigan ish haqi fondi. 
Ta’rif jadvali
– mehnatga haq to’lash razryadlari, ta’rif koeffitsentlari va stavkalarini 
ichiga olgan jadval. 
Tuproq unumdorligi 
– tuproqning mahsulot berish qobiliyati. Unumdorlikning 
tabiiy, sun’iy va iqtisodiy turlari mavjud. Tuproqning tabiiy unumdorligi – inson 
aralashmasdan hosil berish qobiliyati. Bu unumdorlik insonning mehnati bilan vujudga 
kelmagan. Uni tabiat yaratgan. Sun’iy unumdorlik – inson mehnatining mahsuli. Iqtisodiy 
unumdorlik tuproqning tabiiy va sun’iy unumdorligining yig’indisidir. 
Ustav fondi
- korxonalar faoliyatini ta’minlash uchun ta’sischilar tomonidan dastlab 
kiritiladigan va keyinchalik ko’paytirib borish mumkin bo’lgan, hajmi korxonaning ustavida 
belgilab qo’yiladigan mablag’. SHirkat xo’jaliklarida pay fondi va bo’linmas fonddan iborat 
bo’ladi. 
Xarajatlar
- hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning 
ko’payishi. 
Qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat xo’jaligi)
– tovar qishloq xo’jalik mahsuloti 
yetishtirish uchun pay usulga va asosan oila (jamoa) pudratiga, fuqarolarning ixtiyoriy 
ravishda birlashishiga, boshqarishning umumiyligiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga 
asoslangan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin