Qo’shimcha ish haqi – qo’shimcha mehnat sarf qilish, ish jarayonlarini
takomillashtirish orqali qo’shimcha yetishtirilgan mahsulot yoki yuqori sifatli mahsulot
hamda shu mahsulotlarni yetishtirish uchun xarajatlarni tejash evaziga to’lanadigan ish haqi.
CHorvachilik tizimi - chorva mollari sonini o’stirish va sifatini yaxshilash,
maxsuldorligini muntazam oshirib borish hamda mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarni
kamaytirish, umuman, chorva mollari va chorvachilik vositalaridan maqsadga muvofiq
foydalanish orqali uni eng samarali tarmoqqa aylantirishni ta’minlaydigan tashkiliy-
iqtisodiy, texnologik va texnikaviy tadbirlar yig’indisi.
Favqulodda daromad (zarar) - xo’jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyatidan
aniq farq qiladigan, ya’ni tez-tez yoki muntazam sodir bo’lmaydigan voqealar yoki bitimlar
natijasida yuz bergan daromadlar yoki xarajatlar.
Fermer xo’jaligi - o’ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan
foydalangan holda tovar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi,
a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil
xo’jalik yuritish sub’ekti.
Fyuchers shartnomasi – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirmasdan oldin sotish
bilan bog’liq shartnoma.
Xo’jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) - bu asosiy faoliyatdan olingan
foyda summasi, plyus moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida
aniqlanadi;
SHo’’ba korxona - o’ziga biriktirib qo’yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor
tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot.
Hosildorlik – bir birlik ekin maydoni (gektar, sotix va boshqa) hisobiga yetishtirilgan
hosilning fizik miqdori.
Yalpi foyda – ishlab chiqaruvchilar (xizmat ko’rsatuvchilar) ixtiyorida qoladigan
qo’shimcha qiymatning bir qismi (ish haqi va soliqlar to’lanishidan qolgan qismi).
Yalpi mahsulot – bir yil ichida biror tarmoqda jami ishlab chiqarilgan mahsulot,
ko’rsatilgan ish va xizmatlarning pulda ifodalanishi.