Biznes – sohibkorlik – tijorat ishlari bilan shug’ullanish, pul topish maqsadida biror
ish bilan shug’ullanish.
Bo’linmas fond - qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) ustav fondi
qiymatining bir qismi bo’lib, u shirkat xo’jaligi tasarrufida qoladi va paychi a’zolar
o’rtasida taqsimlanmaydi.
Bazis davr – iqtisodiyotda joriy (hisobot) davri ma’lumotlari (ko’rsatkichlari) ni
qiyoslash uchun qabul qilingan biror vaqt (oy, kvartal, yil va h.k.) yoki sana.
Bazis narx - 1) rejali iqtisodiyotda doimiy deb qabul qilingan va xalq xo’jaligi
ko’rsatkichlari (masalan, milliy daromad hajmi, sanoat, qishloq xo’jaligi, yalpi mahsuloti va
b.) dagi o’zgarishlarni indekslarni hisoblashda asos qilib olingan narx. 2) sifat
ko’rsatkichlari aniq bo’lgan tovarning kontrakt yoki preyskurant narxi.
Balans ( lotincha
balanx ) – biron-bir faoliyatning bir-birini muvozanatlashi lozim
bo’lgan tomonlari (masalan, daromadlar va xarajatlar) o’rtasidagi nisbatlarning miqdoriy
ifodasi. Iqtisodiyotda buxgalteriya balansi, ijtimoiy mahsulot balansi, savdo balansi, mehnat
resurslari balansi, daromad va xarajatlar balansi, to’lov balansi va boshqa balanslar mavjud.
Bandlik – aholini ish bilan ta’minlash, mehnatga layoqotli aholining ijtimoiy foydali
mehnat bilan mashg’ul bo’lishi; fuqarolarni shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan
bog’liq bo’lgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati.
Bank krediti – banklarning mijozlarga vaqtinchalik foydalanish uchun kapital berishi.
Banklar qaytarishlik, bank foizi to’lovi va muddatlilik shartlarida o’z mablag’lari va jalb
etilgan mablag’lar hisobidan kreditlari beradi. Turli ssudalar (savdo-sotiq, ko’chmas mulkni
garovga oilsh, asosiy kapitalni kengaytirish va boshqalar), veksellar hisobi kabi shakllari
bor.