85
-
rag’batlantiruvchi narx iqtisodiyot rivoji uchun zarur;
-
Mahsulot sifatini oshirish yangi ekin navlarin joriy etishga, yangi texnika va
texnologiyani ishga tushirishga, urug’likning sifatini ortishi xarajatlarning ko’proq
bo’lishini talab qiladi;
-
rag’batlantiruvchi narxning bir qismi ushbu xarajatlarni qoplashga ishlatilishi lozim;
-
rag’batlantiruvchi narxning ikkinchi qismi yuqorida qilingan ishlar evaziga qo’shimcha
o’sgan sifatni rag’batlantirish zarur;
-
narxning oshishi ishlab chiqaruvchini rag’batlantirishi va iste’molchining ham
maqsadlariga mos bo’lishi kerak;
-
mahsulot tarkibiga kirgan foyda bilan va narxlardagi chegirmalar orqali ishlab
chiqaruvchini rag’batlantirishi kerakligi e’tiborga olinib turiladi;
-
taqsimlash va qayta taqsimlash funktsiyasi. Narx mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari
o’rtasida yaratilgan daromadni taqsimlaydi va qayta taqsimlaydi. Bundan tashqari u
mamlakatda yaratilgan daromadni iste’mol va jamg’arma fondlariga taqsimlanishini
ta’minlaydi.
5.
Ishlab chiqarishni mo’’tadil joylashtirish funktsiyasi.
6.
Ma’lumot berish funktsiyasi.
Iqtisodiy asoslangan narx ishlab chiqarishni mo’’tadil rivojlantirish uchun zarur
bo’ladigan rentabellik darajasini hisobga olganda quyidagi ko’rinishni oladi.
N = I
x
x(1 + R
d
/ 100),
Bunda: N – narx; I
x
– ishlab chiqarish xarajatlari; R
d
– mo’’tadil rentabellik
darajasi.
Dostları ilə paylaş: