104
foydalanish shartlari og’ir bo’lgan, banklar uzoq muddatli investitsion loyihalar uchun
kreditlar ajratishni keskin pasaytirgan, kredit olish holatlari lizing eng samarali
moliyalashtirish vositalaridan biri bo’lishi mumkin.
Lizingning qishloq xo’jaligi korxonalari uchun afzalligi quydagilardan ko’rinadi:
-lizingga olinadigan ob’ekt qiymati birdaniga emas, bo’lib – bo’lib to’lanadi;
-ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish hamda ishlab
chiqarish ko’lamini kengaytirish imkoni tug’iladi;
-lizing ob’ekti uchun to’lov shu ob’ektni ishlatishdan olinadigan daromad hisobidan
to’lanadi.
-lizingga beriladigan mulk qo’shilgan qiymat solig’idan va lizingga olinadigan mulk
mol-mulk solig’idan ozod etilganligi lizing ob’ektining bahosini arzonlashtiradi.
Bugungi kunda lizingni samarali joriy etishdagi mavjud muammolar uning rivojlanish
imkoniyatlarini chegaralab qo’ymoqda. Ushbu muammolar bevosita lizing faoliyati
sohasida band bo’lgan tashkilotlar faoliyatini o’rganish jarayonida kuzatilmoqda. Mavjud
muammolar tahlili shuni ko’rsatadiki, ulardan aksariyati lizing sohasida yaratilgan
kamchiliklarning mavjudligi va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash borasida mavjud
imkoniyatlarning yetishmasligi bilan bog’liq.
Hozirgi paytda lizingga oid huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy baza
yaxshi shakllanmagan. Bu esa korxonalarni boshlang’ich sarmoya bilan ta’minlashning biri
hisoblanuvchi ushbu tarmoqning rivojlanishiga yaxshi imkon bermaydi.
Respublikamizda lizing xizmati ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar
sonining kamligi ular orasida sog’lom raqobat muhiti shakllanishiga va oxir-oqibat
ko’rsatilayotgan lizing xizmatlari turi va sifatining oshishiga, foiz stavkalarining
pasayishiga olib kelmayapti. Lizing kompaniyalari tashkil etishni rag’batlantirish, ularga
soliq, bojxona imtiyozlari berishni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash uning rivojiga katta
hissa qo’shgan bo’lar edi.
Hozirgi paytda lizing oluvchi korxonalarda kerakli uskunani lizingga olish uchun
axborot yetishmaydi. Lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchiga lizing to’lovlarini tayyor
mahsulot ko’rinishida to’lash tartibini yo’lga qo’yish ham bu soha rivojiga hissa qo’shgan
bo’lur edi.
Respublikamizda paxta va don ekinlariga davlat buyurtmasi o’rnatilgan bo’lib,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 31 dekabrdagi PF-2165-sonli farmoniga
muvofiq fermer xo’jaliklari davlat buyurtmasi hajmidagi yetishtirayotgan mahsulot
qiymatining 50 foizi miqdorida Moliya Vazirligining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid
etiladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish jamg’armasi” mablag’lari
hisobidan avans puli (transh) olish imkoniyatiga ega. Buning ijobiy tomoni shundaki,
fermer xo’jaliklari mahsulot yetishtirish uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larni yuqori
foiz stavkalarida tijorat banklaridan qarzga olishga majbur bo’lmaydi.
Korxonalar o’rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari muammosi paydo bo’lganda,
ya’ni tovar-moddiy qiymatliklarni yuborgan korxona xaridor bilan mahsulot qiymati
bo’yicha o’z muddatda o’zaro hisob-kitob qila olmasa yoki bunday qarzlar shubhali,
undirish ehtimoli kam bo’lsa, ularni faktoring vositasida undirish amaliyoti qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: