147
albatta hisobga olinishi kerak. Masalan, kichkintoylarning nutqlarnni o‘stirish va
ularga savod o‘rgatish mashg‘ulotlaridagi faoliyatlarini tahlil qilishda bolalarning
predmet va hodisalar haqidagi bilim va tasavvurlarining sifati, ularning nutqiy
ko‘nikmalari, ifoda vositalaridan foydalanish, so‘z yasash, so‘zni o‘zgartirish
malakalari, so‘zning tovush strukturasini farqlashning rivojlanganligi va shu
kabilarga e`tibor berish zarur.
Bolaning ta’limda orqada qolish sabablari analiz qilinar ekan,
tarbiyachilarning ishlarini kuzatish, ularga bu hodisalar sabablarini aniqlashlarida
ko‘maklashish, alohida-alohida o‘qitishni uyushtirishda va bolalarga individual
yondashishni amalga oshirishda foydali maslahatlar berishi kerak.
Umumiy ta’lim va hunar maktabining islohoti mehnat ta’limiga doir ishlarni
yaxshilashni nazarda tutadi. Yangi dasturda bolalarning mehnati birinchi marta
bolalar faoliyatining mustaqil turi sifatida ikkinchi kichik guruhdan boshlaboq
alohida bo‘limga ajratilgan. Shuning uchun hisobotda bolalarda mehnat ko‘nikma
va malakalari, jamoa mehnat malakalarining rivojlanish darajasini qayd etish
lozim. Bunday analiz tarbiyachiga pedagogik jarayonning tafsilotini ko‘rish,
ijobiylik va kamchiliklarni obyektiv baholash, asosli xulosalar chiqarish, o‘z
mehnati mahsulini ko‘rish va uning istiqbolini belgilash imkonini beradi.
Masalan:
MTT mudirasi ertalab guruhlarning ishga tayyorgarligini tekshira turib, bitta
tarbiyachida matematika ta’limiy faoliyati uchun hamma materialning stol ustida
turganini ko‘rdi. Navbatchilar geometrik shakllarni konvertlarga solayaptilar,
rangli qalam va daftarlarning bor-yo‘qligini tekshirdilar.
Ikkinchi tarbiyachi o‘z o‘rnida yo‘q edi, u metodik kabinetda sanash uchun
o‘yinchoqlar tanlayotgan edi, keyin esa guruhda sanoq zinachasini qidirdi.
Uchinchi tarbiyachi esa ta`limiy faoliyat uchun materialni taxlayotgan edi, bolalar
bu vaqtda o‘yin bilan mashg‘ul bo‘ldilar.
Dostları ilə paylaş: