NamDU
Boshlang’ich
ta’lim
metodikasi kafedrasi dotsenti, fizika-
matematika
fanlari
nomzodi
M.Xolmurodov.
ADU
Maktabgacha
ta’lim
metodikasi
kafedra
mudiri,
pedagogika
fanlari
doktori
M.Ortiqova
3
SO‘Z BOSHI
Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar
amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim sohasida tub o‘zgarishlar
amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya olishi masalasi
davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M.
Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan
farmon va qarorlar dasturul amal bo‘lmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining
tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror,
O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni,
Maktabgacha ta’lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o’quv
dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha
rivojlantirish Kontseptsiyasi” kabi me`yoriy huquqiy hujjatlarning qabul
qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda
alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy
vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning
tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy
va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini
takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi,
ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda
matematik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk
insonlar bo‘lib ulg‘ayishida o‘ziga xos o‘ringa ega.
Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning
uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda
beriladi. Bu jarayonda “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va
4
metodikasi” fanining mazmunidan kelib chiqib tayyorlangan ushbu qo‘llanma
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavriat talabalari, shu yo‘nalishning maxsus
sirtqi va sirtqi ta’limi talabalari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti
tarbiyachilariga zarur ma’lumot va metodik yordam bera oladi. Qo‘llanma
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hisobga olib tayyorlangani va bugungi kun
talablariga to‘laqonli javob berishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
“
Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” fanining
asosiy maqsadi bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari – tarbiyachilarni
maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish va
rivojlantirishning ilmiy hamda metodik asoslari bilan tanishtirishdan iborat.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada ana shu ilmiy-nazariy asoslar, bu jarayonda qo‘llanishi
maqsadga muvofiq bo‘lgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari, didaktik o‘yinlar,
usul va vositalar masalasi yoritilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va
metodikasiga bag’ishlangan. Qo‘llanmada turli yosh guruhidagi bolalarda
matematik tasavvurlarni shakllantirish ta’limining asosiy didaktik tamoyillari,
bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish, ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalarda predmetlar miqdorini idrok qilish, esda olib qolish va taqqoslashning
o‘ziga xos xususiyatlari, sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari, vaqtni idrok
qilish, bolalarning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar,
oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan metodik ishlarni
rejalashtirish kabi masalalarga oid ma’lumotlarga keng o‘rin berilgan. Bolalarda
matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg’ulotlarida foydalaniladigan yangi
pedagogik texnologiyalar, didaktik o‘yinlar ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 5111800 – maktabgacha ta’lim
bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etiladi.
|