13
TO‘PLAM HAQIDA TUSHUNCHA
Tayanch so‘z va iboralar:
to‘plam, universal to‘plam, to‘plam elementlari,
taqqoslash, fazoviy va miqdoriy munosabatlar, didaktik materiallar, bir qiymatli
moslik, natural sonlar.
To‘plamning tavsifiy xususiyatlari.
To‘plam ta’riflanmaydigan tushuncha
bo‘lib, misollar asosida izohlanadi, masalan, Maktabgacha ta’lim
tashkilotidagi
bolalar to‘plami, qo‘ldagi barmoqlar to‘plami yoki gapdagi so‘zlar to‘plami kabi.
Bundan tashqari, to‘plam biror narsaning yig‘indisini anglatuvchi so‘zlar o‘rnida
qo‘llanadi, masalan,
gala, guldasta, poda,
ammo bu yig‘indida
bitta element
bo‘lishi yoki birorta ham element bo‘lmasligi mumkin. To‘plamni turli usullar
bilan berish mumkin, masalan, 2 va 0 sonlari orasidagi butun sonlar to‘plami,
bog‘cha hovlisidagi daraxtlar to‘plami, viloyatdagi maktabgacha ta’lim
tashkilotlar to‘plami
va hokazo, umuman to‘plamni berish elementlarni sanash
yoki uni tashkil etuvchi narsalarning xususiyatlarini aytish bilan beriladi.
Narsalarning sifat belgilarini ajrata bilish va ular uchun umumiy bo‘lgan bitta belgi
asosida bir guruhga birlashtirish sifat kuzatishlaridan miqdor kuzatishlariga
o‘tishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar bilan
ishlash narsalarning umumiy
belgilariga qarab tanlash va guruhlarga birlashtirish (,,barcha qizil rangli kubiklarni
tanlab ol” va shu kabilar)ni topshirishdan boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: