O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/87
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Математик тасаввурларни шакллантириш (1)

Maktabgacha 
ta’lim 
tashkilotida 
matematik 
ta’lim 
berish 
metodikasining predmeti.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida matematik ta’lim 
berish metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun 
matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?).
2. MTTda matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani 
o‘rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilsa, bu bilimlar fan, texnika va 
madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo‘ladi?
3. Matematik bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish 
kerak?), ya’ni bolalar hozirgi kunda zarur bo‘lgan bilimlarni, malakalarni, 
ko‘nikmalarni va aqliy faoliyat, qobiliyatlarni egallab oladigan bo‘lishlari uchun 
o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash 
jarayonida bolalar shaxsining shakllanishi va garmonik rivojlanishini amalga 
oshirish uchun qanday o‘qitish kerak?
4. Matematik bilim berish vositalari: darsliklar, didaktik materiallar, 
ko‘rsatma qo‘llanmalar va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida 
o‘qitish kerak?).
5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning 
mashg‘ulotdan tashqari shakllarini qanday o‘tkazish kerak?) 
6. Ta’limiy faoliyat ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o‘tkazish kerak? 
Ta’limiy faoliyatlar jarayonidagi ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib 
samaraliroq hal qilish kerak?).
Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va shakllari metodik 
tizimning asosiy komponentlaridir.
Matematika fani oldida turgan maqsadlar umumiy ta’lim, amaliy va 
tarbiyaviy maqsadlardan iboratdir. 
Amaliy maqsadlar
qatoriga bolalarning 
nazariyani amaliyotga bog‘lay olishi, ularning to‘plam va son haqida; kattalik 
(miqdor)larning bir-biriga nisbati haqida, eng oddiy geometrik figuralar haqida 
boshlang‘ich tasavvurga ega bo‘lishi, joy va vaqtni bilishi kabilar kiradi: bolalar 
olgan bilimlarini o‘zlarining kundalik mehnat va o‘yin faoliyatida, maishiy 


12 
hayotida uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni hal qilishga tatbiq 
eta bilish malakalarini hosil qilishi kerak.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin