14
va ingichka.
Bu didaktik materialning «fazoviy varianti». Maktab yoshidagi
bolalarni o‘qitishda «tekislik varianti»ning imkoniyatlari katta, buni biz qisqacha
«figura»lar deb ataymiz. Jamlama (universial to‘plam) 24 figuradan iborat bo‘lib,
ular qalin qog‘oz varag‘iga tushirilgan. Tarbiyachi ko‘rsatmasiga
asosan bolalar
ularni qirqadilar. Figuralarning har biri uchta xossasi bilan to‘liq aniqlanadi: rangi
bilan: qizil, ko‘k, sariq ( q, k, s), kattaligi jihatidan: katta, kichik (k, k). qalinligi
jihatidan figuralar bir xil. Shunday qilib, har qaysi figuraning nomi uchta harf
nomidan iborat (shakli, rangi, kattaligi). Har xil o‘yinlarni o‘tkazish va masalalarni
yechish uchun blok (yoki) figuralardan
foydalanishdan oldin, blok (yoki
figuralardan) universial to‘plamning har bir elementini bilish, ya’ni uning to‘liq
nomini bilish lozim. To‘plam osti. To‘plamni to‘ldiruvchi va ifodani inkor qilish.
Quyida universal to‘plamdagi muayyan elementlarning namoyon bo‘lish
xossalaridan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Universial to‘plamdan «qizil bo‘lish»
xossasini to‘plam osti qizil bloklar va shakllarni ajratadi. «Aylanma bo‘lish»
xossasi esa shu to‘plamdagi boshqa to‘plam osti – aylanali bloklar (shakllarni)
ajratadi. «To‘plam osti» atamasi matematikada «to‘plam qismi» ma’nosini
anglatadi. Bunda ikki xossa istisnodir: qachonki to‘plam qismlari (to‘plam osti)
barcha to‘plamga mos, ya’ni to‘plamning hamma elementlari ko‘rilayotgan xossani
namoyon etadi yoki bu qism birorta elementni mujassam etmaydi. Masalan,
birorta blok «yashil bo‘lish» xossasini namoyon etmaydi. Oxirgi holatni bo‘sh
to‘plam deyiladi. Bu holatlarni bloklar «shakllar» yordamida aniq moslashtirish
mumkin. O‘yinni ikki aylana bo‘yicha yozib chiqamiz. Tekislikda ikkita aylana
kesishgan holda joylashtiriladi (deylik, qizil va qora).
Kesishgan joyida ikkita
aylanaga mansub umumiy qism hosil qilinadi. Bolalarga shunday vazifa beriladi:
masalan, qizil aylana ichida qizil bloklar. Qora aylana ichida hamma yumaloq
bloklar. Avvalda ayrim bolalar xatoliklarga yo‘l qo‘yishadi. Qizil aylana ichiga
qizil bloklar bilan qizil aylanalarni ham joylashtirish oqibatida,
yumaloqlari qora
aylanadan tashqarida bo‘lib qoladi, hamma yumaloq bloklar qora aylana ichiga
joylashtiriladi. Natijada ikki aylana uchun umumiy bo‘lgan qism bo‘sh qoladi.
Ayrim bolalar hamma yumaloq bloklarni qora aylana ichidami, deb so‘rashadi.
15
Javobini eshitgandan so‘ng o‘z xatolarini topadi va qizil yumaloq bloklarni
umumiy
qism ichiga joylashtiradi, nima uchun ular umumiy qismda (qizil aylana
ichida qizillar, qora aylana ichida yumaloq bo‘lgani uchun). Mazkur amaliy
vazifani bajarishgandan so‘ng, bolalar ikki aylana yordamida quyidagi to‘rt
savolga javob topadilar: 1) ikki aylana ichida qora aylanadan tashqari, qizil aylana
ichida; 3) qizil aylana tashqarisida, qora aylana ichida; 4) ikki aylana tashqarisida
«qanday bloklar turibdi?» Shuni
esdan chiqarmaslik kerakki, bloklarni shakli,
rangiga qarab izohlash lozim.
Odatda, birorta xossalar bilan aniqlangan predmetlar oldindan berilgan
asosiy yoki universal to‘plamlardagi predmetlardan ajralib turadi (shu xususiyatga
ega bo‘lgan predmetlarning to‘plami), masalan, Navoiy ko‘chasida yashovchi
bolalarning to‘plamidan biz anig‘ini (konkret, bizga ma’lum) guruhini (to‘plamini)
xossalarga qarab ajratdik. Bu holda bu guruhning hamma bolalarning to‘plami
universal to‘plam sifatida rol o‘ynaydi. Agar universal to‘plam
sifatida shu
bog‘chaning hamma bolalarini olsak (faqatgina bitta guruhni emas), Navoiy
ko‘chasida yashovchi bolalar to‘plami boshqalar bo‘lishi mumkin. Hamma
to‘plamlarga bog‘liq bo‘lgan masalalar (to‘plamlar ustidagi amallar, ular orasidagi
munosabatlar, to‘plamlarning sinflarga bo‘linishi va boshqalar), odatda, oldindan
berilgan yoki nazarda tutilgan to‘plamning ichida yechiladi.
Dostları ilə paylaş: