O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Matematik tushunchalarni rivojlantirishga oid izlanishlar yo‘nalishlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/87
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Математик тасаввурларни шакллантириш (1)

Matematik tushunchalarni rivojlantirishga oid izlanishlar yo‘nalishlari. 
Ilk matematik tushunchalar bolalarning yoshiga mos tarzda qiziqarli qilib 


10 
o‘rgatilsa, samarali natijalarga erishiladi. Bunday mashg‘ulotlar natijasida bolalar 
umumiy bilimlarni o‘rganish bilan birgalikda jamoa bilan kelishishni, o‘zaro bir - 
birini qo‘llab-quvvatlashni, yordamlashishni, jamoada o‘zini tuta olishni 
o‘rganadilar va ularda o‘ziga bo‘lgan ishonch, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini chiroyli 
ifoda eta olish kabi fazilatlar shakllanadi. Matematik tushunchalarni 
rivojlantirishda bo‘lgan barcha izlanishlar quyidagi ikki asosiy yo‘nalishda olib 
borilmoqda: 
Birinchi yo‘nalish
da matematik tushunchalarning o‘ziga xos xususiyatlari 
ta’riflanadi. Bu borada ko’plab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va ularda 
bir necha g‘oyalar aks ettirilgan: 
a) g‘oyalardan biri – bolalarning amaliy faoliyati bajarilishidagi ayrim 
belgilar ularning har xil jihatlarini ajratib ko‘rsatmoqda, ya’ni amaliy masalalarni 
mustaqil ravishda tuzish, bajarish, ijodiy xarakterdagi masalalarni yechish, aniq va 
yashirin jarayonlarning funksional bog‘lanishini tushungan holda bajarish va 
hokazo; 
b) 
izlanishlarning 
ikkinchi 
guruhi 
matematik 
tushunchalarni 
shakllantirishning xususiyatlarini bilim boyligi va uni o‘zlashtirish darajasi orqali 
izohlashni o‘z ichiga oladi
d) uchinchisi – matematik tushunchalarni shakllantirishning asosini 
tarbiyachilarning turli xil (masalan, tushunchalar yig‘indisini: qo‘shmoq, mulohaza 
qilmoq, mantiqiy bog‘lanishni aniqlamoq, bilmoq) masalalarni yechishda namoyon 
bo‘lgan umumiy qobiliyatlari bilan bog‘laydi. 
Ikkinchi 
yo‘nalish
dagi 
izlanishlar 
matematik 
tushunchalarni 
shakllantirishning 
mexanizmi, 
o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va 
tushuntirishga bag‘ishlangan. Bunda matematik tushunchalarni shakllantirishni 
shaxs xususiyatlari (kasbga bo‘lgan qiziqish, shaxs uchun ijodiy fikrlashning 
ahamiyati, shaxsning yoshiga xos bo‘lgan xususiyatlar) bilan bog‘lashga harakat 
qilingan. 


11 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin