34
6. Ikkinchi kichik va o‘rta guruhda mashg‘ulotlarni
yakunlashda tarbiyachi
dastur mazmunida
bolalarga tushunarli so‘zlar bilan umumlashtirib aytib beradi.
7. Katta va tayyorlov guruhida bolalar ishtirokida umumlashtiriladi. Ta’lim
faoliyatlarini tashkil etishda tarbiyachidan quyidagilar talab etiladi:
1. Bolalarning ilmiy,
psixologik, pedagogik taraqqiyoti xususiyatlari
asoslari qonuniyatlarini bilish.
2. Bolalarni matematik tasavvurlari taraqqiyotidagi ilmiy sistemani bilish.
3. Har bir yosh guruhidagi elementar matematika tasavvurlarini o‘rgatish
dasturini, ya’ni ish mazmunini bilish.
4. Bolalarni o‘rgatish
metodik usullarini egallash, ya’ni ishni qanday olib
borish.
5. O‘rgatish dasturi materialini egallash faqat maxsus ta’limiy
faoliyatlardagina amalga oshirilishini bilish.
6. Har bir ta’limiy faoliyatda son-sanoq faoliyati
bilan birgalikda boshqa
matematik tushunchalar: kattalik, shakl,
tevarak-atrof, vaqt tushunchasini
rejalashtirishni bilish.
7. Ta’lim faoliyatlari didaktik tamoyil asosida tuzilishini bilish.
8. Ta’lim faoliyatlarida turli analizatorlardan keng foydalanish.
9. Ko‘rgazmali materiallardan keng foydalanish
eng asosiy shart-
sharoitlardan biri ekanligini bilish.
10. Har bir bolaning tarqatma material bilan ishlashi har bir ta`lim
faoliyatlarining asosiy sharti ekanligini bilishi kerak.
Matematikadan ta`lim faoliyati haftaning ma’lum bir kunida o‘tkazilishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: