Maktabgacha ta’lim tashkiloti turli yosh guruhlarida matematik ta’lim
faoliyatlarini o‘tkazish metodikasi va tashkil qilish xususiyatlari.
Tarbiyachi
ta’lim faoliyatlarga
tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab o‘rganadi.
Matematik bilimlar bolalarga qat’iy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi,
bunda yangi materiallar bolalar o‘zlashtira oladigan darajada bo‘lishi kerak. Har
bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga bo‘linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-
35
ket o‘rganiladi. Masalan, tayyorlov guruhi bolalarini buyumlarni bo‘laklarga
bo‘lish bilan tanishtirish shunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi: bolalar birinchi
ta’lim faoliyatida buyumlarni ikkita teng qismga bo‘lishni mashq qiladilar va
yarim nima ekanini o‘zlashtiradilar; ikkinchi ta`lim faoliyatida bolalarning teng
ikkiga bo‘linadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos
lug‘at faollashtiriladi; tarbiyachi uchinchi ta`lim faoliyatida bolalarga buyumlarni
teng to‘rt qismga bo‘lish usullarini tanishtiradi, shuningdek butunning qismga
munosabatini ko‘rsatadi; keyinroq bolalarga geometrik shakllarni ikki va to‘rt
qismga bo‘lishning har xil usullarini ko‘rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi
munosabatlarni o‘rganishadi. Shunday qilib, dasturning har bir bo‘limi ketma-ket
o‘tkaziladigan bir necha (uch-olti) ta’lim faoliyatlarida amalga oshiriladi.
Bolalarning bilimlari bir ta`lim faoliyatidan ikkinchi ta`lim faoliyatiga o’tganda
kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Dasturning bir bo‘limidan
ikkinchi bo‘limiga o‘tishda o‘tilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirilgan
bilimlar bilan bog‘lashni ta’minlash katta ahamiyatga ega. Yangi materialni
o‘rganish jarayonida o‘tgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini
chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e’tiborini yangi materialga qaratish, uning
puxta o‘zlashtirilishiga imkon beradi. Odatda, yangi mavzuni uch-besh mashg‘ulot
davomida, oldin uning birinchi qismida, keyinroq ikkinchi qismida o‘rganiladi.
Mavzuni oradan ikki hafta, ba’zan uch hafta o‘tgandan keyin takrorlash kerak. Eski
materialga qaytish davri borgan sari dasturning har bir o‘rganilgan bo‘limi o‘quv
yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida bo‘lib turishi kerak.
Shu munosabat bilan bir mashg‘ulotning o‘zida dasturning bir bo‘limiga
yoki har xil bo‘limning, ya’ni «Miqdor», «Sanoq», «Kattalik», «Shakl» va boshqa
bo‘limlariga oid masalalar o‘rganilishi va takrorlanishi mumkin. Hamma
bo‘limlari bo‘yicha dasturni bolalar izchil o‘rganishini va ularda elementar
matematik bilimlar tizimini shakllantirishni shunday qilib ta’minlash mumkin
bo‘ladi. Matematika o‘qitishda ta`limiy faoliyatning har xil turidan foydalaniladi.
Ta`limiy faoliyat turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni
o‘rganishga yoki o‘tilganlarni takrorlashga, bir qator ta’limiy faoliyatlarning
36
materiallarini umumlashtirishga yoki bolalarning bilimlarini tekshirishga
bag‘ishlanadi.
O‘qitish tajribasida qurama mashg‘ulotlar eng ko‘p o‘rinni egallaydi,
ularning birinchi qismida 8-10 daqiqa davomida yangi material o‘rganiladi,
ikkinchi qismida (9-12 daqiqa davomida) oldingi mashg‘ulotlarda olingan bilim va
ko‘nikmalar mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar
3-4 daqiqa takrorlatiladi. Yangi materialni o‘zlashtirish bolalardan ko‘proq
zo‘riqishni talab qiladi. Shu sababli ta`limiy faoliyat oxirida tanish materialni
kiritish bir oz bo‘shashish imkonini beradi. Masalan, tayyorlov guruhidagi ta`limiy
faoliyatlarning birinchi qismida 5 sonining o‘zidan kichik ikki sondan iborat
tarkibi bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va oval chiza olish malakasini
takomillashtirish o‘rin oladi. 3 va 4 sonlarining ikkita kichik sondan iborat tarkibi
o‘rganilishi, bilimlar mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi qismda «Nima
o‘zgardi?» o‘yinida buyumlar to‘plamini sanash (masalan, samolyotlar guruhi
nechtaligini, har qaysi guruhda nechtadan samolyot borligini, hamma samolyotlar
nechtaligini aniqlash) ga doir mashqlar bajarilishi mumkin. Ta`lim faoliyatining
tuzilishi (strukturasi) dastur bo‘limlarining hajmi, mazmuni, ko‘rgazmaliligi,
tegishli bilim va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga
bog‘liq. Chunonchi, kichik guruhda bir yoki ikki mavzu bo‘yicha ta’lim
faoliyatlari o‘tkazish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga hamma guruhda yangi
mavzu bo‘yicha birinchi mashg‘ulot, odatda, to‘liq o‘rganishga bag‘ishlanadi,
takrorlash yangi materialning o‘tilishi munosabati bilan yoki ta’lim faoliyatining
oxirida o‘tkaziladi. Ikkinchi, uchinchi va undan keyingi ta`lim faoliyatlar berilgan
mavzu bo‘yicha ham, oldingi mavzular bo‘yicha ham materialni mustahkamlashga
bag‘ishlanadi. Mashg‘ulotlarni takroriy mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq,
bu mashqlar o‘ziga yarasha aql gimnastikasidir, masalan, “Kim qaysi
o‘yinchoqlarni sanadi?”, “O‘yinchoqlar nechta?” kabi o‘yin-mashqlardan boshlash
mumkin. Bulardan katta guruhda foydalanish mumkin. (Chaqirilgan bolalar
tarbiyachi ko‘rsatmasiga binoan o‘yinchoqlarni sanab chiqadilar, so‘ngra
o‘yinchoqlar salfetka bilan yopiladi, shundan keyin bolalar u yoki bu o‘yinchoqdan
37
nechtadan bo‘lganini yoki kimda o‘yinchoqlar borligini va o‘yinchoqlar qancha
bo‘lganini topadilar.) Bolalar (o‘rta, katta va maktabga tayyorlash guruhlarida)
buyumlarni va geometrik shakllarni har xil alomatlari bo‘yicha guruhlarga
ajratishni, o‘yinchoqlar, shakllar, jadvallar to‘plamiga tayyorlov guruhlarida
«qancha» so‘zi bilan savollar o‘ylab topishni mashq qiladilar. Shuningdek
«Qo‘shnilaringni top», «Men qaysi sonni o‘tkazib yubordim?», «Kim ko‘p bilsa, u
uzoq sanaydi» kabi o‘yinlar o‘tkaziladi. Yangi materialni tushuntirishda
tarbiyachining yoki chaqirilgan bolaning harakatlari hamma bolalarga ko‘rinib
turishi muhim. Keyinroq bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun
topshiriqlar hamma bolaga bir vaqtda beriladi. Bolalar o‘rinlarida yuzlari (yoki yon
tomonlari) bilan qarab o‘tirishlari kerak. Chunki topshiriqlarning bajarilishini
tekshirishda yoki yangi topshiriqlar berishda tarbiyachi bolalar e`tiborini
namunaga tortishi, bajarilishining u yoki bu jihatini ko‘rsatishi kerak
bo‘ladi. Olti o‘rinli stollar mavjud bo‘lganda, uning atrofiga to‘rttadan ortiq bolani
o‘tqazmaslik kerak. Zarur bo‘lsa, qo‘shimcha 1-2 ta stol qo‘yish kerak.
Bolalarning bilim va ko‘nikmalari tekshiriladigan faoliyatlar tarbiyachi stoli oldida
tashkil qilinadi.
Agar ta’limiy faoliyatning borishida yoki uning oxirida harakatli o‘yinlardan
foydalaniladigan bo‘lsa, bu o‘yinlarni o‘tkazish uchun oldindan joy tayyorlab
qo‘yish kerak. Ta’limiy faoliyatlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishda ko‘rsatma-
qo‘llanmalarni to‘g‘ri tanlashning ahamiyati katta. Matematik tasavvurlarni
shakllantirishda ham, bolalarni dastlabki umumlashtirishlarga keltirish (qo‘shni
sonlar orasidagi bog‘lanishlar va munosabatlar, “teng”, “ortiq”, “kam”, “butun”,
“qism”) borasida ham ko‘rsatmalilik boshlang‘ich davr bo‘lib xizmat qiladi.
Hamma ta`limiy faoliyatlarida kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlar,
o‘yinchoqlar, tabiiy materiallardan keng foydalaniladi. Hamma bolalar
o‘yinchoqlar bilan o‘ynashlari uchun o‘yinchoqlar ko‘p miqdorda tanlanadi.
Matematik
bilimlar
abstraksiyalash
yo‘li
bilan
o‘zlashtirilishi sababli
turli-tuman buyumlardan foydalaniladi. O‘rgatishning ma’lum bosqichida
jadvallar, sxemalar (olmani ikkita va to‘rtta teng qismga bo‘lish sxemasi)
38
ko‘rsatmali material bo‘lishi kerak. Ko‘rsatmalilikning xarakteri yoshdan-yoshga
o‘tish bilangina emas, balki joyga hamda bilimlarni o‘zlashtirishning har xil
bosqichlarida konkret bilan abstrakt orasidagi munosabatlarga bog‘liq holda ham
o‘zgarib turadi.
Chunonchi, o‘rgatishning ma’lum bosqichida buyumlar to‘plamini sanash
“Sonli jadvallar”, “Sonli zinachalar” va boshqa mashqlar bilan almashtiriladi.
Ko‘rsatma-qo‘llanmalarni tanlash va ular kombinatsiyasi ta`limiy faoliyat
jarayonidagi bilim va ko‘nikmalarni egallashga bog‘liq. Bolalar bilimlarini
umumlashtirish, har xil bog‘lanishlarni, munosabatlarni ko‘rsatish kerak
bo‘ladigan hollarda ko‘rsatmalilikning bir necha turini kombinatsiyalash kerak.
Masalan, qo‘shni sonlar orasidagi bog‘lanish va munosabatlarni yoki sonlarning
birliklardan iborat miqdoriy tarkiblarini o‘rganishda har xil o‘yinchoqlardan,
geometrik shakllar jadvallari va hokazolardan foydalaniladi. Bolalar matematik
obyektlarning ayrim belgilari yoki xossalari haqida dastlabki tasavvurlarni
olganlaridan keyin ularning uncha ko‘p bo‘lmagan miqdori bilan chegaralanishi
mumkin. Shu bilan birga buyumlar, bolalarga tanish, ortiqcha detallarsiz,
qaralayotgan belgisi aniq ifodalangan va uni ko‘rish nisbatan oson bo‘lishi kerak.
Masalan, to‘plam elementlarini emas,balki uning boshqa tarkibiy qismlarini
kichkintoylarga ko‘rsatish uchun ikkiuchta rangli kubchalar (g‘isht)lar yoki uzun
va qisqa lentalar olinadi.
Matematika ta’limiy faoliyatlarida, odatda, ko‘p turdagi buyumlar
to‘plamidan, ko‘rgazmalardan foydalaniladi. Shu sababli bularni joylashtirish
tartibini o‘ylab ko‘rish juda muhim. Kichik guruhda bolalarga material xususiy
quti (konvert) da beriladi. Katta bolalarga tarqatma sanoq materialini stolga bitta
patnisda (bitta qutida) berish mumkin. Ko‘p turdagi buyumlardan foydalanganda
ularni shunday joylashtirish kerakki, ta’limiy faoliyatni boshlash uchun kerak
bo‘ladigan material eng ustida tursin. Aloqa usullarini qanday birga qo‘shib olib
borish kerak?
Bola tafakkurining ko‘rsatmali-harakatli xarakterda ekanligi ularning
ko‘rsatma-qo‘llanma bilan har xil harakatlarini tashkil qilish orqali matematik
39
bilimlarni shakllantirish zarurligini asoslaydi. Og‘zaki bayon usuli (metodi)
maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda uncha katta o‘rin olmaydi va bolalar
bilan
so‘zlashuv shaklida
foydalaniladi.
Bilim,
malaka,
ko‘nikmalarni
o‘zlashtirishga har xil usullardan foydalanish va ularni birga qo‘shib ishlatish bilan
erishiladi. Usullarni tanlash u yoki bu dastur masalasi mazmuni, shuningdek
bolalarning tegishli bilim va ko‘nikmalari darajalari, nihoyat, har qaysi yosh
xususiyatlari bilan aniqlanadi. O‘rgatish kattadan bolaga bilimlarni oddiy
uzatilishiga keltirmasligi kerak. Tarbiyachi birinchi navbatda bolalarning
matematik bilimlarga qiziqishlarini, matematik qobiliyat, mustaqil fikrlash,
umumlashtirish qobiliyatini, abstraksiyalashni, fazoviy tasavvur va hokazolarni,
shuningdek, matematik bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustaqil egallash va
qo‘llay olish imkonini rivojlantirishi kerak. Bugun matematika o‘rgatish
taqqoslash asosida quriladi. Taqqoslash asosida bolalarda juft, butun va qism,
uzun-qisqa, chapga-o‘ngga kabi qarama-qarshi tushunchalar shakllanadi.
Taqqoslash sharoitini, bu aqliy harakatni rivojlantirib, sekin-asta qiyinlashtirib
borish muhim. Bolalar buyumlarni bir xil belgilari bo‘yicha har xil rejada
taqqoslashni mashq qiladilar, bunda oldin buyumlarni juftlab taqqoslashni, keyin
esa bir necha buyumni birdaniga taqqoslashni va ularni u yoki bu belgilari
bo‘yicha guruhlashni (masalan, geometrik figuralarning shakllari, ranglari va
hokazo bo‘yicha taqqoslashni) o‘rganadilar. Bolalarda qo‘llanmalar bilan
ishlashlarining
ma’lum
sistemasini tashkil
qilishda
tarbiyachining
roli
harakatlarning bajarilishi jarayonida zarur yordam berish, tashabbusni,
mustaqillikni
rag‘batlantirishdan,
bolalarni
xulosalarga
olib
kelishdan
iborat.Tushunarli, aniq ifodalangan vazifani qo‘yish bolalar tafakkurini
faollashtirishning zaruriy shartidir. Vazifa (o‘yin, amaliy, bilish) qo‘yish xarakteri
bolalarning yosh xususiyatlari bilan ham, matematik masala mazmuni bilan ham
aniqlanadi. Tarbiyachi bolalarga yangi harakatlarni ko‘rsatadi va tushuntiradi, shu
bilan birga, u yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini olishga
harakat qiladi. Buning uchun harakat texnikasini (tekshirishga, ustiga
40
qo‘yishga, yoniga qo‘yishga doir) sinchiklab ishlab chiqish muhim ahamiyatga
ega.
Tarbiyachi ta`limiy faoliyatga tayyorlanar ekan, oldindan bolalarga nimani
ko‘rsatish, nimani tushuntirish va bolalar mustaqil ravishda nima qila
olishlarini ham chuqur o‘ylab, beriladigan savol va harakatlar rejasini tuzib oladi.
Bilim va ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirish uchun bolalar bevosita yangi material
bilan tanishish jarayonida ham, undan keyingi ta`limiy faoliyatlarda ham yetarli
miqdorda mashq bajarishlari kerak.
Bir xil narsaning o‘zini ko‘p martalab takrorlayverish istalgan samarani
bermaydi va bolalarning charchashiga sabab bo‘ladi. Ko‘rgazmali qurollarni
almashtirish va bolalar faoliyatini tobora murakkablashtirib, metodik usullarni
o‘zgartirib turish muhimdir. Shu yo‘l bilan bolalarning qiziqishlarini, fikrlashlarini
faollashtirish, charchashning oldini olish mumkin bo‘ladi. Ana shunday sharoitda
yangi bilimlar o‘zaro bir-biriga uzviy bog‘lanadi. Natijada ular kengayadi,
aniqlanadi, umumlashadi va mustahkamlanadi. Kichik guruhlarda bir ta`limiy
faoliyatda mashqlarning ikkitadan to‘rttagacha variantlaridan foydalaniladi, katta
guruhlarda esa to‘rttadan oltitagacha, ayrim hollarda bundan ham ko‘p. Bir xil
turdagi mashqlar kichik guruhlarda 2-4, katta guruhlarda 5-6 variantlaridan
foydalaniladi. Masalan, katta guruh bolalarining tartib, sanoq ko‘nikmalarini
mustahkamlash uchun predmetning boshqa predmetlar orasidagi o‘rnini aniqlash, u
yoki bu o‘rinni egallab turgan buyumni almashtirish taklif qilinadi. Bunda
tarqatma materialning ikki-uch xilidan foydalaniladi. Bilganlarni takrorlash
mashg‘ulotlarida ular yangi bilimlarni mustahkamlash, shu bilan bir vaqtda bolalar
ilgari o‘zlashtirgan bilimlarga oid mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Buyumlar miqdori ularning kattaligiga bog‘liq bo‘lmasligini o‘rta guruh
bolalariga ko‘rsatib, tarbiyachi katta va kichik buyumlar bilan bir qatorda uzun va
qisqa (kalta), baland va past buyumlardan foydalanish va buyumlarning
kattaliklarini
belgilash
uchun
aniq
so‘zlardan
foydalanish
mashqlarini
mustahkamlashi mumkin.
41
Buyumlar va geometrik shakllarning har xil belgilari bo‘yicha guruhlarga
ajratishga doir mashqlar katta ahamiyatga ega, bunday mashqlar shu vaqtning
o‘zida bolalarning shakl, kattalik, miqdor va hokazolar haqidagi bilimlarini
mustahkamlaydi. Bilimlarni mustahkamlash uchun tarbiyachi har xil xarakterdagi,
ya’ni amaliy, o‘yin, musobaqa elementlari bilan bog‘liq mashqlardan, interfaol
usullardan foydalanadi. Uch-to‘rt yoshdagi bolalarni o‘qitishda, ayniqsa, o‘yin
elementlaridan keng foydalaniladi. Shuni esda tutish muhimki, didaktik materialni
va usulni almashtirish bilim va ko‘nikmalarni alohida zo‘riqishlarsiz
o‘zlashtirishni ta’minlovchi vositadir. O‘yin momentlariga haddan tashqari berilib
ketmaslik kerak, chunki o‘yin asosiy narsadan – matematik ishdan chalg‘itishi
mumkin, natijada bolalar mashg‘ulot rejasida nazarda tutilgan bilim va
ko‘nikmalarni o‘zlashtira olmaydilar.
Dostları ilə paylaş: |