45
uning elementi o‘rtasidagi nisbatni aniqlashlari kerak.
Bolalarni guruhlarga
birlashtirilgan predmetlarning umumiy belgilarini ko‘ra bilishga va atay olishga,
guruhni yaxlit bir butun narsa deb idrok etishga o‘rgatish davom ettiriladi.
Yig‘indidagi hamma predmetlarning 1-2 umumiy belgisini ajratib ko‘rsatish bilan
birga bolalar shu guruhdagi predmetlarning faqat biror qismi uchungina umumiy
bo‘lgan
belgilarni, ya’ni boshqa qismlarning belgisidan farq qiluvchi belgilarni
ham ko‘rishga o‘rganadilar. Ular guruhni bir necha guruhchaga bo‘ladilar, ya’ni
to‘plamni to‘plamchalarga ajratadilar. Masalan: guldastada ko‘p gul borligini,
ularning ba’zilari qizil, ba’zilari esa oq ekanligini, qizil gullar ham, oq gullar ham
ko‘pligini aniqlaydilar. Bolalar ana shunday qilib to‘plamlardagi
sonlar bilan
to‘plamchalardagi sonlarni taqqoslashga, ular o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni
aniqlashga tayyorlanadilar. Ikkinchi kichik guruhda
matematik tushunchalarni
rivojlantirish yuzasidan maxsus ishlar o‘tkaza boshlanadi. Bolalarni komil inson
qilib tarbiyalash aniq fanlarning miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllarini
birinchi marta idrok etishning qay darajada muvaffaqiyatli
tashkil etilishiga
bog‘liqdir.
Zamonaviy matematikada ,,son”, ,,figura” va boshqa tushunchalarni
asoslashda to‘plamlar nazariyasidan foydalaniladi. Bu o‘z
navbatida bolalarda
miqdoriy munosabatlarni shakllantirishga va natural son haqidagi tushunchani
paydo qilishga sharoit yaratadi.
Dostları ilə paylaş: