TARBIYA FANINI O'QITISH METODLARI
Tarbiya metodi
(yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning
yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar –
bu tarbiyalanuvchilarning
ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi
etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi
o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya
jarayonining aniq shart-
sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy
metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish
tarbiya
usullari
deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi,
alohida
harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan
maqsadga
tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan
o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u
holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin.
Tarbiya
metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu
pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va
usullarining aloqadorligi ana shunda.
Amaliyotda
tarbiya vositalari
tushunchasi ham ajratiladi.
Usullar deganda
ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita – bu
usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat –
tarbiya vositasi, biroq uni
ko‘rsatib berish,
mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish – bu usullar. So‘z
(keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar.
Bu bilan
bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga
oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi
shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi.