Tarbiya fanini o'qitish metodlari tarbiya metodi


Rushnoinoma », « Qobusnoma



Yüklə 225,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix13.12.2023
ölçüsü225,17 Kb.
#175591
1   2   3   4   5   6   7   8
tarbiya fanini o\'qitish metodlari

Rushnoinoma
», «
Qobusnoma
» Farididdin Attorning «
Pandnoma
»si, Oʻbayd 
Zakoniyning «
Sad pand
» kabi asarlari keng tarqalgan. Ilk oʻrta asrlarda Arastu va 
uning izdoshlarining risolalari arab tiliga tarjima qilindi va ularning ta’limotlari Al-
Kindiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jomiy, Navoiy 
va boshqa Sharq faylasuflari tomonidan oʻrganildi va boyitildi. 
Demak, bugungi yoshlarimizning kamoloti va unga mos dunyoqarashi 
muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib borishida ibrat-namunaning oʻrni 
beqiyosdir. Bu oʻz navbatida Ozod va Obod Vatan, erkin va farovon hayot 
yaratuvchilarining ongli a’zolarini tayyorlashni kafolotlaydi. 
5. Tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari
Ragʻbatlantirish metodlari
– oʻquvchilarning harakatlarini ijobiy baholashni 
koʻzda tutadi. Ragʻbatlantirish quvonch, qoniqish, qanoatlanish kechinmalarini 
paydo qiladi, tetiklik va gʻayrat bagʻishlaydi, oʻz kuchiga ishonchni 
mustahkamlaydi, ijobiy xatti-harakatlarni ragʻbatlantiradi, oʻz faoliyati va xulqiga 
mas’uliyatini oshiradi. Ragʻbatlantirish metodlari xilma-xil boʻlib, ular tarkibiga 
ma’qullash, koʻngil koʻtarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, ogʻzaki va 
yozma tashakkur bildirish, mukofatlash va boshqalar kiradi. 
Ragʻbatlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qoʻllanilishi lozim. 
Har qanday ragʻbatlantirish oʻquvchining jamoa oldidagi chinakkam xizmatlariga 
muvofiq boʻlishi lozim. Ragʻbatlantirish vaqtida oʻquvchining alohida 
xususiyatlarini, jamoada tutgan oʻrnini hisobga olish va u ketma-ket boʻlmasligi 
kerak. Haddan oshirib maqtash jamoaga nisbatan taqqoslash talabchanlikni 
boʻshashtirib yuborish, bular oʻquvchida man-manlik, xudbinlik sifatlarining 
yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Ragʻbatni tashkil etishda oʻquvchining 
muvaffaqiyati bilan birga uning jamoadagi oʻrni, axloqiy qiyofasi, shuningdek, 
mehnatga, jamoa topshiriqlariga, jamoaning oʻziga munosabati borasidagi jamoa 
fikrini inobatga olish ham talab etiladi. 

Yüklə 225,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin