Jazo berish metodlari
– bu oʻquvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy
baho berishdir. Jazo berish axloq me’yorlariga qarama-qarshi faoliyat va xatti-
harakatlarni muhokama etishni ifodalaydi. Jazo berish noma’qul xatti-
harakatlarning oldini olish, axloqni tuzatishi, jamoa oldida uyalishi, oʻzini gunohkor
deb bilish hissini uygʻotishi mumkin. Jamoa tomonidan yoki uni qoʻllab-quvvatlashi
asosida jazo berish metodlari ham hilma-xil boʻlib, ular jumlasiga tanbeh berish,
koyish, uyaltirish, qizartirish xatti-harakatlarni jamoa oʻrtasida muhokama qilish,
muayyan faoliyatidan chetlatish va boshqalar kiradi.
Jazo berish ham pedagogik talablarga amal qilish zarur. Berilayotgan jazo
maqsadga muvofiq boʻlib, oʻquvchilarning aybiga, salbiy xatti-harakatiga qarab
berilishi lozim. Jazo berish chogʻida salbiy xatti-harakatning sabablari uning
jamoaga yetkazadigan zarari, oʻquvchining shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish
lozim.
Jazo berish oʻquvchining manfaatlaridan kelib chiqmasligi yoki uning uchun
xizmat qilmasligi lozim. Jazo jamoa tomonidan ham berilishi mumkin. Barcha
hollarda ham oʻquvchini jismoniy va ruhiy azobga solmasligi, uni tahqirlanmasligi,
sha’nini yerga urmasligi, huquqini paymol etmasligi kerak.
Tarbiya metodlari sharoitni, vaqtni, shuningdek, oʻzaro bir-biriga ta’sirini
hisobga olgan holda qoʻllash maqsadga muvofiq tarbiya metodlari, tarbiya vositalari
bilan juda yaqin aloqada hatto, bir-biriga singib ketgan boʻlsada, ular bir-biridan farq
qiladi. Tarbiya vositalariga tarbiyaning maqsadga muvofiq tashkil qilingan faoliyat
turiga kiradi.
Oʻyin, oʻquv mehnati, sport va boshqa faoliyat turlari shunday vositalar
hisoblanadi. Bundan tashqari tarbiya jarayonida turli predmetlar, moddiy va
ma’naviy madaniyat namunalari, axborot hamda texnik vositalardan ham tarbiya
vositasi sifatida foydalaniladi. Chunonchi, koʻrgazmali, oʻquv qurollari badiiy-ilmiy
adabiyotlar, san’at asarlari, radio, televideniye, kompyuter, magnitofon, slaydo,
shuningdek, kishilar ham tarbiya vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Tarbiya vositalaridan foydalanish doimo unga muvofiq keluvchi tarbiya
metodlaridan foydalanishni taqozo etadi, chunki ular yordamida ong, his-tuygʻu,
xulq-atvor tarkib toptiriladi. Oʻquvchining turli koʻrinishdagi faoliyati uyushtiriladi.
Bugungi kunda tarbiya jarayonida axborot va texnika vositalaridan
foydalanishga alohida diqqat-e’tibor qaratilmoqda. Ulardan maqsadga muvofiq va
samarali foydalanish oʻquvchilarning ma’naviy kamol topishiga olib keladi.
Yuqorida bildirilgan mulohazalarga tayangan holda mavzu yuzasidan quyidagi
xulosalarga kelish mumkin.
1. Tarbiya jarayonining asosini, ijtimoiy hayotining obyektiv talablarini,
shaxsning ijtimoiy mohiyatini hamda tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil
etgani bois tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning
qonuniyatlarni chuqur oʻrganishni talab etadi.
2. Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga
koʻra ish koʻrilayotganligiga ham bogʻliq. Tarbiya tamoyillari yosh avlodni
tarbiyalash maqsadidan kelib chiqqan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni,
metodlari va yoʻnalishiga qoʻyiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi
asosiy gʻoya va qoidalar yigʻindisidir.
3. Tarbiya jarayonini tashkil etishda oʻqituvchi tomonidan qoʻllaniladigan
metodlar ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, ular ijtimoiy jamiyat tomonidan ta’lim
muassasalari oldiga qoʻyilgan yosh avlodni har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor,
mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya metodlari
oʻzaro oʻhshash jihatlariga koʻra uch guruhga boʻlinadi. Tarbiya jarayonida
qoʻllaniladigan tarbiya vositalari metodlari ahamiyatini kuchaytirishga xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: |