Tarbiya fanini o'qitish metodlari tarbiya metodi


 Tarbiyada ibrat-numana koʻrsatishning tutgan oʻrni



Yüklə 225,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix13.12.2023
ölçüsü225,17 Kb.
#175591
1   2   3   4   5   6   7   8
tarbiya fanini o\'qitish metodlari

4. Tarbiyada ibrat-numana koʻrsatishning tutgan oʻrni
Farzandlarimizning kelajakda komil inson boʻlib yetishishlarida oila va 
jamiyatda yaxshi tarbiya olishning oʻrni beqiyosdir. Ota-ona, ustoz-murabbiylar, 
rahbar va yoshi kattalar qancha madaniyatli, odobli boʻlsa, shu jamiyat va muhitda 
oʻsayotgan shaxslar ham shunchalik odobli boʻlib yetishadi. Bunday sermas’uliyat 
ijtimoiy ishni amalga oshirish, ya’ni yoshlarimizning odobli, xushxulqli, vijdoni pok 
kishilar boʻlib yetishishlari uchun oʻz xulq-atvorimiz bilan ularga yaxshi ibrat va 
namuna boʻlishimiz bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Ilgarigi 
zamonda shunday maqol bor edi: «Domlaning aytganini qil-u, qilganini qilma». 
Hozir bu maqol eskirdi: oʻsmir va oʻspirinlar koʻpincha ustozlari va kattalarning 
tashqi yashash tarzidan oʻrnak oladilar, ya’ni ular «domlaning qilganini... qilishadi». 
Bu oʻrinda ularning quyidagi haqli e’tirozlarini inobatga olish zarur.: «Nima uchun 
chekmagin, ichmagin deyishadi-yu, oʻzlari chekishadi, ichishadi?», «Nima uchun 
rost gapirgin deydilar-u, oʻzlari yolgʻon soʻzlaydilar?», «Nima uchun toʻgʻri, halol 
boʻlish kerak deydilar-u, oʻzlari pora oladilar?». Agar oʻqituvchi va boshqa ana 
shunday soʻzda toʻgʻri-yu, amalda notoʻgʻri ish tutishsa, shogirdlari qanday qilib uni 
hurmatlaydi? Undan nimani oʻrnak qilib oladilar? Shu ma’noda tarbiyachi har vaqt 
oʻz soʻziga amal qilishi va soʻzining ustidan chiqishi kerak. Ibratning aynan ana shu 
jihati komil inson tarbiyasida katta ahamiyatga ega. 
Ibrat tarbiyasi insonni qadimdan qiziqtirib kelgan. Bu ayniqsa, Yunonistonnni
ng mashhur mutafakkirlari – Aflotun va Arastuning nomi bilan bogʻliq pandnomal
aridan keng oʻrin olgan. Jumladan, Sharq mamlakatlarida Aflotunning Arastuga, A
rastuning Iskandarga nasihati va vasiyatnomalari yaxlit asar sifatida tarqalgan. Ara
stuning aytishicha, tarbiyachining oʻzi tarbiya koʻrgan, insoniy fazilatlarni egallaga
n boʻlishi darkor. «Shuni bilginki, 
- deydi Arastu, 
- ta’lim-
tarbiya bilan shugʻullanuvchi odam oʻzi tarbiya koʻrmagan boʻlsa, boshqalarni tarb
iya qilolmaydi. Xulqi yaxshi kishi boshqalarni yaramas, va iflos ishlarga boshlay o
lmaydi. Agar sen oʻz oʻquvchingni tarbiyalamoqchi boʻlsang, avval oʻz ruhingni y
axshilashdan boshla. Mabodo oʻzgalar aybini bartaraf etmoqni ixtiyor etsang, bund
an oldin oʻz nafsingni nuqson va illatlardan tozalashing zarur. Ammo koʻzi ojiz bo


ʻlgan kishi qanday qilib koʻrga yoʻl koʻrsata oladi? Xor va tuban kishi boshqalarga 
obroʻ va qadr-qimmat ato qila oladimi?». 
Bulardan tashqari Sharq mamlakatlarida axloq va ta’lim-tarbiyaga oid 
«

Yüklə 225,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin