O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/87
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177243
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   87
Математик тасаввурларни шакллантириш (1)

“Zakovat” o‘yini 
O‘yin qoidalari: Bolalar ikki guruhga bo‘linishadi. Har bir guruh berilgan 
o‘nta topshiriq va shartlarni baja radilar. 
1-topshiriq.
Kun va tun tasvirlangan 
rasmlar aralash holda ikkita stolga bitta qilib qo‘yishadi. Bolalar kun va tun 
tasvirlangan rasmlarni berilgan vaqt ichida alohida-alohida qilib qo‘yishadi. 
2-
topshiriq:
Kun vat un rasmlarini chizishadi va izohlab berishadi. 
3-topshiriq:
“topgan-topaloq” o‘yini.Bolalar kun va tun haqidagi topishmoqlarni topishadi. 
Topishmoq 
1.Ikki qarg‘a yiroqda 
Biri kunda, biri tunda.(quyosh va oy) 
2.Yopilsa ochilmaydi, 
Ochilsa yopilmaydi.
“To‘g‘ri joylashtir” o‘yini. 
Maqsad:
Bolalarning vaqt haqidagi tushunchalarini mustahkamlash. 
Bolalarning nutqlarida sutka qismlari: ertalab, kunduzi, kechqurun, tun so‘zlarini 
ma’nosini tushungan holda to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatish. 
Kerakli jihoz:
sutka qismlari surati. 
O‘yinning borishi:
Bolalar yoniga Bilmasvoy keladi. Bolalar bilan 
salomlashadi. Tarbiyachi nega u g‘amgin ekanligini so‘raydi. Bilmasvoy rasmlar 
olib kelganini, bolalarga tartibi bilan sutka qismlarini ko‘rsatmoqchi ekanini, 


114 
ammo hammasini aralashtirib yuborganini aytadi.Tarbiyachi rasmlarni tartibga 
solishda Bilmasvoyga yordam berishini taklif qiladi. Bolalardan rasmlarni qanday 
joylashtirish kerakligini so‘raydi. Sutka qismlari tasvirlangan rasmlar to‘plami 
ichidan bolalar bir sutkaga terishi qismlarni tartib bilan yig‘adilar. 
Tarbiyachi bolalarning juda aqlli ekanligini takidlab, sutka qismlari ketma-
ketligini, ularning istalganidan boshlab tartib bilan qo‘yib tushuntirib bera olishini 
aytadi. 
“Hafta kunlari” o‘yini. 
Maqsadi:
Bollalarning hafta kunlarini ketma-ketligini bilishi, ajratishi va 
ularni sanab berishi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin