124
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MATEMATIK
RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA MANTIQIY FIKRLASHNI
LOYIHALASH
Tayanch
so‘z
va
birikmalar:
shaxsga
yo‘naltirilgan
ta’lim,
kompetensiyaviy yondashuv, kommunikativ savodxonlik, mantiqiy masala,
matematik masala, fanlararo integratsiya, mantiqiy tafakkur.
Maktabgacha
yoshdagi
bolalarning
mantiqiy
tafakkurini
shakllantirishning ahamiyati.
Bugungi kunda o‘quv tarbiya jarayonida
zamonaviy o‘qitish
usullaridan, pedagogika fanining ilg‘or yutuqlaridan
foydalanish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim hamda kompetensiyaviy yondashuvga
asoslangan maktabgacha ta’lim nazariyasini yaratish kabi vazifalar dolzarb bo‘lib
qolmoqda. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari bolalarning ijodiy va
mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini,
aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini,
kommunikativ savodxonligini va o‘z-o‘zini anglash xususiyatini shakllantirishdan
iborat. Belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda maktabgacha yoshdagi
bolalarning mantiqiy tafakkurini shakllantirishning ahamiyati to‘g‘risida fikr
yuritmoqchimiz.
Maktabgacha ta’limning o‘ziga xos jihatlari shundan iboratki, bolalar
ta’lim olish uchun
turli tayyorgarlik darajasiga, har xil ijtimoiy tajribaga ega
bo‘lgan holda maktabga tayyorlanadi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda,
shaxslarga ta’lim-tarbiya berish, barkamol avlod sifatida voyaga yetkazishda
bolalarda mantiqiy bilishni shakllantirish, ya’ni mantiqiy fikrlashni o‘stirish
samarali usul hisoblanadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mantiqiy fikrlash tug‘ma
iste‘dod emas, shu ma’noda uni shakllantirish hamda o‘stirish mumkin va zarur.
Doimiy tarzda mantiq fanini o‘rganish, unga murojaat
qilish bolalarning abstrakt
mantiqiy fikrlashini o‘stirishning sinalgan usullari hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga predmetlar to‘plami bilan bog‘liq
tushunchalarni
o‘rgatishda didaktik materiallarga asoslangan «mantiqiy
bloklardan» foydalanish qulaydir. Bu bloklarning «mantiqiy» deb atalishi shuning
125
uchunki, ularning turli xilini modellashtirish, aniq tashkil qilingan holatlar
yordamida mantiqiy masalalarni yechish, ya’ni 4-6 yoshdagi bolalarni erta
mantiqiy fikrlash usulida ishlatish mumkin. Masalan,
mantiqiy masalalarda
fikrlash qobiliyatini o‘stirishning o‘ziga xosligi mavjud. Shu masalalardan birini
yodga olaylik: “Qirg‘oqning bir tomonidan ikkinchi tomoniga bo‘ri, echki va
karamni olib o‘tish kerak. Lekin bo‘ri bilan echkini, echki bilan karamni birgalikda
qirg‘oqda qoldirib ham, qayiqda birga olib o‘tib ham bo‘lmaydi, faqatgina
birgalikda bo‘ri bilan karamni yoki ularning har birini alohida o‘tkazish mumkin.
Qirg‘oqlarga borib kelish chegaralanmagan. Ularni qanday qilib sog‘-omon
o‘tkazish mumkin?” Bu masalani har birimiz bir necha bor
yechgan yoki yechimini
rasmlar orqali bolalarga tushuntirganmiz. Bu bo‘ridan echkini, echkidan bo‘rini
asrash lozim bo‘lgan hazilomuz ushbu misolda jiddiy matematik tahlilning
dastlabki ko‘rinishi shakllanadi. Bunga o‘xshash misollarni bugungi kunda
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham ko‘plab qo‘llanmoqda. Maktabgacha
ta’limda bolalarning mantiqiy tafakkurini o‘stirishga qaratilgan masalalar bilan bir
qatorda ularga mantiqiy fikrlay oladigan shaxs sifatida yondashish lozim. Bolalar
masalalarni yechishi uchun tarqatma materiallardan kehg foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash
mumkinki, berilgan misol va
masalalar bolalarning tafakkuri, zehni, yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
maktabgacha ta’limda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida
tuzilgan
bo‘lsa,
bolalarning
mantiqiy
fikrlashini
rivojlantirish
uchun
mashg‘ulotlararo integratsiyaga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Zero, aqlni
charxlash doimiy mashqlar yordamida amalga oshadi. Har bir ta’limiy
faoliyat
bo‘yicha nostandart mantiqiy masalalar berish nafaqat zaruriy balki majburiydir.
Quyidagi masalalarni e‘tiboringizga havola etamiz:
1. Uch dugona – Zebo, Ra’no va Shahlo turli rangdagi: ko‘k, sariq va oq
ko‘ylaklar kiyib olishgan. Zeboning ko‘ylagi oq emas, Ra’noniki esa oq ham, sariq
ham emas, ayting-chi, har bir qizchaning ko‘ylaklari qanaqa rangda?
Javob:
Zebo – sariq, Shahlo – oq, Ra’no esa ko‘k rangdagi ko‘ylakda.
2. Muhayyoning Maftunaga nisbatan bo‘yi pastroq, Irodaning esa Zamiraga
126
nisbatan bo‘yi balandroq.
Quyidagi savollarga javob bering:
Kimning bo‘yi balandroq - Muhayyonikimi yoki Maftunanikimi?
Qizchalarni bo‘yiga qarab yozib chiqing.
Yechimi: Muhayyo, Maftuna, Iroda, Zamira.
3.Tarozining bir pallasida katta karam, ikkinchi pallasida esa 2 kilogramli
tosh va kichik karam. Tarozi pallalari muvozanatda. Katta karam og‘irligi
kichik
karam og‘irligiga nisbatan qanchaga ko‘p?
Javob:
2 kilogrammga.
4. Ikki litrlik bankadan va 5 litr suv sig‘adigan choynakdan foydalanib, qaysi
yo‘l bilan suv krani jo‘mragidan 6 litr suv olish mumkin?
Javob:
Bankaga 2 litr suv olib, choynakka quyamiz, yana bankaga 2 litr suv
olib, choynakka quyamiz va bankaga yana 2 litr suv olamiz.
Dostları ilə paylaş: