143
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MATEMATIK
TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN METODIK
ISHLARNING MAZMUNI
Tayanch so‘z va iboralar:
elementar matematik tasavvurlar, metodik
usullar, rejalashtirish, qayd qilish, matematika mashg‘ulotlari.
Turli maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tushunchalarini
shakllantirishda tuzatish ishlarini olib borish.
Maktabgacha ta’lim
yoshidagi
bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishni amalga oshirish
muvaffaqiyati tarbiyachi ixtisosiga, uning kasbga oid tayyorgarligiga bog‘liq.
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish
masalalarini ishni
rejalashtirish va tashkil qilishsiz hal etibbo‘lmaydi. Matematika ta’limiy
faoliyatlari ham boshqa predmet ta`limiy faoliyatlari kabi kalendar rejada
ko’rsatiladi. Ba’zi paytlarda tarbiyachining kalendar rejasidan tashqari, reja
konspekt ham tuziladi. Qanday paytlarda? Qanday maqsad bilan?
Tarbiyachilar matematika mashg‘ulotlarni faqat o‘z
guruhidagina emas,
balki boshqa guruhlarda o‘tkaziladigan ta’limiy faoliyatlarning ham dastur
mazmunini bilishlari kerak. Yilning boshida ikkala tarbiyachi ham matematikadan
ta’limiy faoliyatlarni rejalashtirishi juda muhim.
I.
Ta’limiy faoliyatning nomi.
II.
Dastur mazmuni.
III.
Oldindan olib boriladigan ish. Bolalarning bilim darajalarini bilish.
IV.
Ta’limiy faoliyatlarga tayyorlanish.
V.
Ta’limiy faoliyatning borishi,
metodik usullar, bolalarni bu faoliyatga
jalb etish, bular hammasi birgalikda yoziladi.
Shuningdek, tarbiyachilarning nutqi bu yerda juda katta ahamiyatga ega.
Uning nutqi ravon, muloyim, sodda, aniq, qisqa,
tushunarli, madaniy nutq
talablariga to‘liq javob beradigan bo‘lishi kerak.
Har bir bola bilan ta’limiy faoliyatdan tashqari vaqtlarda ham yakkama-
yakka ish olib borishi zarur. Matematika ta`limiy faoliyatlarida
olgan bilimlarini
144
boshqa ta`limiy faoliyatlarda mustahkamlab borishi kerak. MTT dasturi malakali
tarbiyachilarga moslab tuzilgan. Ammo dastur bu darslik emas. U bilan ishlashni
o‘rganish va bilish kerak. Undan keyin shu rejaga qarab 2 haftalik ta`limiy
faoliyatlar rejasi tuziladi. Lekin shunday narsalarga e’tibor qilish kerak:
1. Hamma va ayrim bolalarning bilish darajalariga.
2. Dastur vazifalariga.
3. Ko‘rgazmali qurollar qancha borligini bilish
va qanday materiallarni
tayyorlash kerakligini e`tiborga olish kerak bo‘ladi. Lekin aniq ta’limiy faoliyat
rejasini umumiy sxemaga aylantirish, unda faqat metodik usullarni eslatib o‘tib,
ta’limiy faoliyatning qismlarini ko‘rsatishi noto‘g‘ri. Ta’limiy
faoliyat rejasini
ta’limiy faoliyat konspektiga o‘xshatish ham kerak emas.
Dostları ilə paylaş: