malakaviy oʻquv amaliyot dasturida
belgilangan
topshiriqlarning amaliyot davrida bajarilgan ishlarning (dastur boʻyicha) jamlanmasi.
Yuqoridagi hujjatlar har bir talaba kesimida tegishli kafedra a’zolari ishtirokida
prezentatsiya shaklida topshiriladi.
8
AMALIYOTCHI UCHUN ESLATMA
Pedagogika oliy oʻquv yurtlari talabalarining malakaviy oʻquv amaliyoti ta’lim-
tarbiya jarayonining izchil davomi boʻlib, bakalavriat bosqichi davomida olingan
nazariy bilimlarni mustaxkamlash, egallangan bilim, koʻnikma va malakalarni ta’lim
muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonida qoʻllash imkonini beradi.
Malakaviy oʻquv amaliyot talabalarning umumpedagogik, metodik va ixtisoslik
fanlaridan olgan nazariy bilim, koʻnikma va malakalariga asoslanadi.
Malakaviy oʻquv amaliyot davomida amaliyotchi-talaba:
✓
Ta’lim muassasasi fan oʻqituvchilarining darslarini kuzatishi va tahlil qilishi
hamda oʻquv-me’yoriy, ma’naviy-ma’rifiy hujjatlari bilan tanishishi;
✓
Tegishli fan boʻyicha taqvim-mavzuiy reja loyihasini tuzishi;
✓
Mavzular boʻyicha ilmiy va metodik adabiyotlarni oʻrganishi;
✓
Mutaxassisligi boʻyicha sinov dars(4-kurslar) oʻtishi;
✓
Oʻquv jarayonini tashkil etishda pedagogik va axborot kommunikatsion hamda
internet tizimidan samarali foydalanishi;
✓
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishi va oʻtkazishi;
✓
Sinf rahbari yordamchisi sifatida ish olib borishi;
✓
Amaliyotchi portfoliosini oʻz vaqtida yuritib, kunlik davomatdan o‘tib
borishi shart.
✓
Amaliyotchi talabaning faoliyati amaliyot yakunida institut va qabul qiluvchi
muassasa rahbari tomonidan oʻrnatilgan tartibda baholanadi.
Kundalik daftarni yuritish tartibi:
a) kundalik daftarda bajariladigan ishlar mazmuni aniq, qisqa, uzviylikda toʻldiriladi,
xulosa va takliflar yoziladi;
b) kundalik daftar institut va qabul qiluvchi muassasa rahbari tomonidan nazorat qilib
boriladi.
|