e’tibor qaratadi. Birinchi Prezidentning demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolar jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ta’kidlanganidek,“Qonunda jamoatchilik nazoratining turlari, shakllari va subektlarini, nazorat predmetini, uni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlarini, shuningdek, mazkur sohada amaldagi qonun hujjatlarini ijro etmagani uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi shartligini belgilab qo‘yish zarur.” 5 Davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oshkoraligi jamoatchilik nazoratini
amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratadi. Xuddi shuni hisobga olib, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Mazkur qarorni bajarish yuzasidan Samarqand va Buxoro viloyatlarida davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha eksperiment o‘tkazildi. Mamlakatimizda. fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ikki yo‘nalishda olib borilmoqda. Birinchidan, davlat o‘zining bosh boshqaruv sub’ekti maqomini saqlagan holda jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni yangi asosga o‘tkazmoqda. Endi, davlat o‘zining muayyan funksiyalarini jamoat tashkilotlariga o‘tkazmoqda, bir qator vakolatlarini, huquq va resurslarni ularga bermoqda. SHu yo‘l bilan davlat jamoat tashkilotlarining o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ikkinchi tomondan, jamiyat jamoat tashkilotlarini rivojlantirish orqali ularningulkan salohiyatlarini mamlakatni boshqarish yo‘nalishida faollashtirmoqda. Prezident Konsepsiyasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish fuqarolik jamiyati institutlari jamoatchilik nazorati yordamida davlat organlariga xalaqit bermagan holda davlat