- jamiyat manfaatlarini himoya qilish”. Qonun loyihasida jamoatchilik nazoratiningvazifalari quyidagicha tavsiflanadi: “Jamoatchilik nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat: - davlat organlari va jamiyatning o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini ta’minlash; - davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunlarga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning ta’minlanishi ahvoli to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish; - davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga rioya qilmaslik holatlarini aniqlash va keng jamoatchilikni xabardor qilish, ularni jamoatchilik yordamida bartaraf etish, jamiyatda ijtimoiy adolat prinsipini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; - fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining hamkorligi”. Fuqarolik jamiyati institutlari o‘z tashabbuslari bilan shakllanadigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan institutlar hisoblanadi. Lekin ana shuo‘zini o‘zi boshqaradigan institutlar o‘ziga o‘xshash boshqainstitutlar bilan mutanosib ravishda faoliyat yuritishlari uchun ular muayyan darajada rivojlangan bo‘lishlari kerak. SHuning uchun ham, fuqarolik jamiyati institutlari o‘sha muayyan darajaga etgunlaricha ularga davlatning madadi zarur bo‘ladi. 2014 yilda Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgarishlar jamoatchilik nazoratiga konstitutsiyaviy maqom berdi. Konstitutsiyamizning 32-moddasi endi quyidagi tahrirda bayon qilindi: “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar