O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik qurilish instituti


boshqaruvi mexanizmlarini takomillashtirishga, korrupsiyaga qarshi salohiyatini oshirishga



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/32
tarix31.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#60241
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Seminar 12-mavzu uslubiy korsatma

boshqaruvi mexanizmlarini takomillashtirishga, korrupsiyaga qarshi salohiyatini oshirishga, 
fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga katta yordam ko‘rsatadi. 
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda huquqiy me’yorlar poydevor vazifasini bajaradi. 
Huquqiy me’yorlarning asos vazifasini bajarishi jamoatchilik nazoratining har bir qadami mavjud 
qonunlar asosida qo‘yilishini taqozo etadi. 
Jamoatchilik nazoratining mohiyat jihatidan huquqiy nazorat ekani fuqarolik jamiyatining 
tarkibiy qismi bo‘lgan huquqiy davlatning mohiyatiga to‘la mos keladi. Ayni paytda fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish, huquqiy davlatni yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan jamoatchilik 
nazoratining o‘zi ham mavjud qonuniy me’yorlarga asoslanishi lozim. 
Davlat organi o‘zining nazorat funksiyalarini amalga oshirishda jamoatchilik nazorati 
sub’ektlaridan kelib tushadigan axborotdan foydalanadi, jamoatchilik nazorati esa, o‘zining 
funksiyalarini ko‘pincha tegishli davlat organlariga murojaat qilish orqali amalga oshiradi. Ana 
shunday o‘zaro bog‘liqlik mamlakatimizda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining 
ochiqligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida hamda mazkur 
qonun loyihasini hayotga tadbiq qilish bo‘yicha Buxoro va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan 
eksperiment davomida o‘zining yorqin ifodasini topdi. 
NNTlarning vujudga kelishi ob’ektiv voqelikning in’ikosi bo‘lib, hatto eng rivojlangan 
demokratik mamlakatlarda ham davlat o‘zining fuqarolariga o‘z organlari va mansabdor 
shaxslarining suiiste’molliklardan xoli ekaniga to‘la kafolat berolmaydi. 
Demokratiya fenomenining yirik tadqiqotchilaridan bo‘lgan Aleksis de Tokvil demokratik 
tuzumning mohiyati hukumatning hokimiyatini cheklashda, deb talqin qilgan edi. Insonning 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin