Mavzu yuzasidan savollar:
1. Dastur nima?
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish dasturini bo’limlarini
aytib bering?
3. Dasturda faslchilik printsipining qo’llanishi deganda nimani tushunasiz?
4. Dastur mazmuni guruxdan guruhga karab murakkablashib borishiga misol
keltiring.
VI. MAVZU: BOLALAR BOG’CHASINING TABIAT BURCHAGI
Maqsad: Bolalar bog’chasining umumiy tabiat burchagini har bir guruxda jonli
tabiat burchagini tashkil etish va unda yashovchilarni parvarish qilish yul-yo’rikdarini
o’rgatish.
Reja:
1.Tabiat burchagining ta`lim-tarbiyaviy ahamiyati.
2.Tabiat burchagiga-qoyiladigan talablar.
3.Turli guruhlarda tabiat burchagini tashkil etish.
Bolalar bogchasida jonli tabiat burchagining bo’lishi bolalarni tabiat bilan
ko’rgazmali va amaliy tanishtirishning zarur sharoiglardan biridir. Bolalarning
ekskursiya yoki uy sharoitidagi kuzatishlari qisqa muddatlidir. Tabiat burchagida esa,
bolalar yil boyi xayvon va o’simliklar oldiga kelishlari va o’simliklarni tarbiyachining
topshirigi asosida uzoq muddat kuzatishlar mumkin. Bu esa bolalar uchun laboratoriya
vazifasini o’taydi. Tabiat burchagining ta`limiy ahamiyati shundaki, bolalar
o’simliklarning nomlari, qismlari, rivojlanish jarayonlarini kuzatadilar. Ularning
issiqlikka, yorug’likka, suvga bo’lgan talab jarayonlarini o’rganadilar. O’simlikni
parvarish qilish uchun sarflanadigan mehnat turi bilan tanishadilar.
Tabiat burchagining ta`limiy ahamiyatini yana k.uyidagicha izoxdash mumkin:
bolalar hayvonot olami turlari, ko’payishi, tana qismlari, harakatlari, oziqlanishi bilan
ham tanishadilar.
Tabiat burchagi uchun quyiladigan talablar:
1. O’simlik yoki hayvon biron bir anik, tur uchun xos bo’lishi kerak.
2. Tabiat burchagida yashovchilar "beor" ko’p mehnat talab qilmaydigan, ovqat
tanlamaydigan, bolalar yoshiga moe bulishi kerak.
3.Tabiat burchagida yashovchilar yorqin, jozibador, bolalar diqqatini uziga jalb
qilib tura oladigan bulishi zarur.
4.Bir turdagi o’simlik va hayvonlarni bir necha xili bulishi kerak.
5.Tabiat burchagida yashovchilar tamoman xavfsiz va bolalar sog’ligiga hech
qanday zarar etkazmasligi shart.
6.Tabiat burchagida yashovchi o’simliklar va hayvonlar soni cheklangan va
biologik xususiyatlari xisobga olingan holda joylashtirilishi kerak.
Hayvon va o’simliklarni tabiat burchagida saqlash, joylashtirishda birinchi
navbatda ularning biologik xususiyatlari hamda ehtiyojlari nazarda tutilishiga e`tibor
berish kerak.
Masalan: Ba`zi bir xona o’simliklari (chiroqgul, kaktus) quyosh nurlarini ko’proq
talab qiladi, shuning uchun ularni eng yorug joyga qoyish lozim. Boshqalar
(uzumbapn, gunafsha) tik tushi b turuvchi quyosh nuriga bardosh bera olmaydi.
Tabiat burchagi kuzni quvontirishi, xonani bezashi lozim. Nihoyat ob`ektlarni shunday
joylashtirish lozimki, bolalar ularning yoniga bemalol kela olishlari tabiat burchagini
kuzata olishlari va unda mehnat qila olishlari kerak. Agar imkon bo’lsa, har bir guruh
bolalari keng foydalana oladigan umumiy jonli burchak tashkil etilsa, yanada ham
yaxshi bo’ladi. bunda istagap guruh bolalar ekskursiya qilib kelib ko’radi, tanishadi.
o’rganadi Bunday jondi tabiat burchagida tulki kuyon, tovuq, echki kabilarni
parvarishlash mumkin Bundan tashkarn tabiat burchagida hayvonlarni boqishning
uziga xos hayotiy va biologik tomonlari bulib, uni har bir tarbiyachi yaxshi bilishi zarur.
Turli guruhlarda tabiat burchagini tashkil etish, ya`ni kichik guruxda: o’simliklar
dunyosi, Xitoy atir guli, fuksiya, doymiy gullovchi begoniY.
Baliqlar: Tilla baliq.
Qushlar: Sa`va, snegir.
Hayvonot quyon, olmaxon, dengiz chuchkasi.
O’rta guruh: o’simliklar dunyosi, begoniya reke, asparagus, xushboy yorongul,
aloe yoki agava.
Baliqdar: Tilla baliq turlaridan vuallexvost, teleskop. Qup1lar: Snegir jufti bilan.
Hayvonot olami: Kichik guruxda tavsiya etilgan hayvonlar saqlanadi.
Katta guruh: o’simliklar dunyosi: Tradeskantsiyaning 2-3 turi, plyush, aloe,
zigakaktus, amaralis.
Baliqlar: Guppi, me`yasits skalyariy.
Kushlar: Taram - taram to’tiqush, quyi guruhdagi qushlarni saqlash mumkin.
Hayvonot olami: Tipratikan, osmaxon, toshbaqani saqdash mumkin.
Tayyorlov guruh: o’simliklar guruhi: amaralis, slivaya, krinum.
Baliqlar: 2-3 tur baliq bo’lishi kerak, quyi guruhdagi baliqlar ham tavsiya etiladi
Qushlar va mayda sut emizuvchilardan tabiat burchagiga tavsiya etilganlar
istalgancha saklash mumkin.
Bolalar bogchasida tabiat burchagida yashovchilarning barchaskni doimiy va
vaqtincha yashovchilarga ajratish mumkin.
Doimiy yashovchilar yil davomida xona o’simliklari, baliqlar va shu kabilar
yashasalar, vaqtincha yashovchilar esa guruhga kiska muddatga olib kiriladi. Bular
maxalliy o’lka o’simlik va hayvonlari bo’lib, ularning hayot faoliyatlari u yoki bu
mavsumda alohida qiziqarli va yorqin bo’ladi. Bahorda daetlabki gullar, kuzda qiyos
gullaydigan gulxonadagi dekorativ o’simliklar, xashoratlar va shu kabilar. Demak,
xonaga tabiat burchagiga ob`ekt tanlashda yuqoridagi talablarga rioya qilgan holda,
o’lkani tabiiy sharoitini hisobga olish zarur.
Har bir guruh uchun ob`ekt tanlashda guruh bolalarining yosh xususiyatlarini,
bilim darajasini, bogchaning tabiiy sharoitini hisobga olish lozim, hamda o’simlik va
hayvonlarni tanlashda eng avvalo bolalarning predmetlarni idrok etish xususiyatlarini
e`tiborga olish muhimdir. Shuningdek ta`limiy masalalar nazarda tutiladi.
2-kichik guruxdan bolalar o’simliklarni parvarish qilishga jalb kilinadi. Hayvonlarni
bolalar kuzatar ekanlar, ular hayvonlarning chiqaradigan tovushlari, xatti-harakatlari,
gavda qismlarini bilib oladilar.
O’rta guruxda bolalar predmetlarning xususiyatlari va sifatlarining xilma - xilligi,
rangi, kattaligi va shu kabilarni ko’ra olish malakalarini hosil qilgan bo’ladilar. Bolalar
ko’rish, predmetlarni o’xshash va farq qiluvchi tomonlarini ajratish, umumlashtirishga
o’rganadilar. O’simlik va hayvonlar haqidagi bilimlar murakkablashadi. O’simlik hayoti
uchun zarur bo’lgan sharoitlar blan tanishadilar.
Katta tayyorlov guruhda, bolalarning predmetlarni kuzatish, solishtirish,
klassifikatsiyalash ko’nikmalari davom ettiriladi. Bolalarda turlicha o’simlik va
hayvonlarning rivojlanishi uchun zarur bo’ladigan sharoitlarni, ko’payish xususiyatlari
haqidagi bilimlarni kengaytirib boradilar. Bundan tashqari ular tabiat olamidagi
muhim bogliqliklar-o’simliklarni komleks sharoitlarga, hayvonlarni tashqi tuzilishi,
hayot tarzini yashash muhitga bogliqligi haqidagi elementar bilimlar shakllantiriladi.
Bolalar turli mavsumlarda o’simlik va hayvonlar hayotida, ularni o’sishi va
rivojlanishining asosiy davrlarini biladilar, tanishadilar.
Dostları ilə paylaş: |