Mavzu yuzasidan savollar:
1.
Tabiat nima?
2.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida tabiatning o’rni qanday?
3.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishda ushbu sohaning
o’rni qanday?
4.
Ekologiya nima?
II. MAVZU: TABIAT BILLI TANISHTIRISH FANINING TASHKIL TOPISHI VA
RIVOJLANISHI
Maqsad: Talabalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining tashkil topishi
rivojlanishi bilan tanishtirish Sharq mutafakkirlari chet el va rus pedagoglarining inson
hayotida tutgan o’rni hahidagi fikrlari bilan tanishtirish.
Reja:
1. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining tashkil topishida G’arb
pedagoglarini qo’shgan hissalari.
2. Bola shaxeining shakllanishida tabiatshunoslikning roli haqida rus
pedagolarning fikrlari.
3. Inson hayotida tabiatning tutgan o’rni haqida O’rta Osiyo alomalarining fikrlari.
Ilm - fan, ma`rifat - madaniyat asrlar davomila insoniyat olamida so’nmas mash`al
bo’lib, yoritib kelgan. Mamlakatimiz mustaqilligi sharofati bilan bugungi kunda bu
mash`al tobora porlab, o’zgacha ahamiyat kasb egmoqda. Bizga ma`lum bo’lmagan
tarix zarvaraqlari qatida pinhona yotgan qadpiyatlapimiz, noyob qo’lyozma
asarlarimiz, qadimiy yodgorliklarimiz istiklol sharofati bilan tadqiqotchi olimlarimiz
tomonidan teran o’rganilmoqda. Tarix - insonning barkamollik, taraqqiyot yo’li.
Moziyii bilmaslik o’zini anglamaslikdir. O’zini anglagan xalqgina buyuk kishilarning
nomlarini e`zozlab ruhi poklarini doimo yod etadi. Agar biz o’tmish tariximizga, nazar
tashlasak, yashab ijod etgan pedagoglarimiz o’zlari ijod etgan davrlardayoq bolaning
har tomonlama usishida, ma`naviy ozuqa beradigan tabiatning noz-ne`matlari uning
mo’`jizalaridir deb ta`kidlab o’tganlar.
Tarix zarvaraqlarida o’zlarining o’chmas, unutilmas nomlarini qoldirgan buyuk
pedagoglar bola tarbiyasida tabiatning ahamiyati. uning bola ruhiyatiga qanday ta`sir
qilishi haqida ilmiy fikrlari i aytib utganlar.
Ushbu mavzuni o’rganishda biz G’arb pedagoglaridan: Y.A.Komenskiy, J.J.Russo,
I.G.Pestolotsiy kabi olimlarning bola tarbiyasida tabiatning tutgan o’rni haqidagi ilmiy
asarlari bilan tanishamiz.
Rus pedagoglaridan K.D.Ushinskiyning, "Inson tarbiya predmeta sifatida" asari
bilan tanishamiz.
Ushinskiy "Meni pedagogikada var var hisoblasangiz ham, lekin men o’z hayot
tajribamda shunday xulosaga keldim. Go’zal tabiat yosh qalbga shunday katta
tarbiyaviy ta`sir ko’rsatadiki, hatto pedagogikaning ta`siri ham u bilan
raqrbatlashishga ojizdir", -degan edi.
Bizga ma`lumki, bola dunyoga kelar ekan ilk yoshligidan boshlab tabiat bilan
muloqotda bo’ladi. Bu haqda buyuk pedagog olimlarimiz o’zlari yashab o’tgan davrda,
bolaning har tomonlama o’sishida ma`naviy ozuqa beradigan tabiatning noz-
ne`matidir deb, ta`kidlab o’tganlar. Biz hozirda o’tmishdagi pedagoglarimizning dono
fikrlari va ilmiy asarlariga suyanganmiz o’zimizning pedagogik faoliyatimizda
foydalanamiz.
O’rta asrlarda tabiat haqidagi tushunchalar Evropa mamlakatlarida deyarli
rivojlanmadi- G’arbiy. Evropada fan tushkunlikka tushgan bir davrda O’rta Osiyo
olimlari uni rivojlantirdilar. O’rta aerlarda O’rta Osiyo olimlari hali ekologiya fani
umuman yo’q bulgan davrda tabiat, undagi muvozanat, tabiatni e`zozlash haqida
qimmatli fikrlarni aytganlar. Buyuk alloma, entsiklopedik olim bobokalonimiz
Muhammad al-Xorazmiy (783-847) bir risolasida shunday yozadi: "Bilginki, dunyoning-
ko’zlari yoshlansa. uning boshiga g’am kulfat tushgan bo’ladi. Odamlar, daryodan
mehringizni darig tutmang". Demak tabiat va uning maxsuli inson uchun ekan, undan
oqilona va odilona foydalanish kerak. Erga, suvga, hayvonlarga bo’lgan
munosabatlarimizni yaxshilashimiz bilangina ona tabiatimizni asrab qolishimiz
mumkin. Hayvonlar na`rasiga to’la urmonlarni, parrandayu darrandalar makoni
to’qayzorlarni zilo ko’llarni va o’tloqlarni qayta tiklashning imkoni bor.
Bu ishlarga faqat insongina krdir. Zero, shoir aytganidek: "Mulki jahon ichra
xoqon ham uning uzi ya`ni inson, demak tabiatni ham u saqlab kola oladi".
O’rta asrlarda Urta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muxammad Muso al -
Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar tabiat
fanining rivojlanishiga ulkan hissa qushganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga
kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o’simliklar va hayvonot dunyosi,
tabiatni e`zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Mana shunday zabardast buyuk
allomalarimizdan Muhammad Muso al-Xorazmiy, o’zining "Kitob surat al - arz" asarini
Abu Nasr Farobiy (870-810) "al - hajmi va al - mikdor", "Kitob almabodi al - insonia"
aerlarini Abu Rayhon Beruniy "Saydana", "Minerologiya" aerlarini Abu Ali ibn Sino, u
"Kitob al - shifo", "Tadbir ul - manzil" kabi asarlari!sh yozganlar.
Hadisi sharifimizdagi tabiat, tabiatni avaylab asrash, uni ko’paytirish, parvarish
qilishga oid bandlari bilan ham tanishib. uni chuqur tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |