O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati -T.: 2009 y
74.3
X 16
U-6945
Dasturning informatsion-metodik ta'minoti Elektron ta'lim resurslari 1. www. tdpu. uz 2. www. pedagog. uz 3. www. Ziyonet. uz 4. www. edu. uz 5. tdpu-INTRANET. Ped
Psixologik parktikum
1. Kirish Ishchi o`quv fan dasturida nutqida kamchiligi bo’lgan tarbiyalanuvchilarni psixologik tekshirish, psixologik rivojlanishini o’rganish, ta'lim-tarbiya berishida o’qituvchi, psixolog, shifokor va tarbiyachilarning o’zaro hamkorligi masalalari qamrab olingan.
1.1.Fanning maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdan maqsad- talablarda maxsus psixologiyadan egallangan
bilimlarini amaliyotda qo’llash ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
Fanning vazifasi – talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash.
1.2. Fanni o’zlashtirishga qoyiladigan talablar Psixologik praktikum o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-maxsus psixologiya fanining ilmiy-metodologik asoslarini, nutqida kamchiligi bolgan tarbiyalanuvchilarning psixologik xususiyatlarini, ruhiy jarayonlarni tekshirish uslublarini bilishi kerak;
-nutqida kamchiligi bolgan tarbiyalanuvchilarni psixologik tekshirish, o’quvchilarning shaxsiy hujjatlarini, faoliyatini organish va tahlil kilish, mashg‘ulotni psixologik tahlil hilishni, psixologik jihatdan organish ishlarini tashkil etish, rejalashtirish konikmalariga ega bolishi kerak;
-maxsus muassasalardagi mutaxassisslar bilan o’zaro hamkorlikda ishlash, tarbiyalanuvchilarga psixologik –pedagogik tavsif tuzish, maslahat berish malakalarga ega bo’lishi kerak.
1.3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi Psixologik praktikum fani ixtisoslik fani hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish ohuv rejasida rejalashtirilgan umumiy pedagogika, psixologiya, oligofrenopsixologiya, oligofrenopedagogika, logopedika, surdopsixologiya, tiflopedagogika, tiflopsixologiya kabi hator fanlardan etarli bilim va konikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.