Shomaxmudova R.Sh., Mo’minova L.R. Bolalar nutqidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish. O’qituvchi. T.: 1993 y.
Elektron ta'lim resurslari 1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz
4. www. edu. uz
5. tdpu-INTRANET. Ped
Logopedik texnologiya
1. Kirish Ushbu ishchi o`quv fan dasturi maktab va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutq kamchiliklarini bartaraf etishda logopedik texnalogiyalar qollashning nazariy va amaliy masalalarini qamrab oladi.
1.1.Fanning maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdan maqsad- Talabalarga logopedik texnologiya kursining mohiyati hamda logopedik texnologiyalarni olib borish boyicha nazariy va amaliy bilim, konikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi -Talabalarni logopedik texnologiyalar asosida bolalardagi nutq kamchiliklarini bartaraf etishning nazariy va amaliy asoslari bilan tanishtirish, logopedik mashgulotlar uchun logopedik texnologiyalarni tanlash va ulardan samarali foydalanishga orgatish.
1.2. Fanni o’zlashtirishga qoyiladigan talablar Fanni o’zlashtirishga qoyiladigan talablar Davlat ta’lim standartidagi malakaviy tavsifga muvofiq ishlab chiqiladi va quyidagicha bayon etiladi.
“Logopedik texnologiya” fanni o’zlashtirish jarayonida amalga oshiradigan masalalar doirasida bakalavr:
- logopedik texnologiya logopediya faninnig tarkibiy kismi ekanligi, logopedik texnologiyaning korrektsion ishdagi axamiyati, logopedik texnologiya turlari, logopedik texnologiyaning vazifalari va mazmunini bilishi kerak;
- maxsus muassasalarda logopedik texnologiyalarni logopedik mashgulotlar davomida qollash ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak;
- logopedik mashgulotlar uchun logopedik texnologiyalarni tanlash va ulardan samarali foydalanish, logopedik texnologiyalarni qollash jarayonida nutq kamchiligiga ega bolgan bolalarga individual va diferentsial yondoshish, logopedik texnologiyalar qollashda didaktik materiallar tayyorlash malakalarga ega bo’lishi kerak.