O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə10/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Til tizim sifatida. Bu masalaga to‘xtalishdan oldin ”tizim” tushunchasi izohlanishi kerak. Manbalarda bu tushunchaga quyidagicha ta’rif berilgan: ” Tizim - 3. O‘zaro bog‘liq va uzviy tartibda bo‘lgan narsa, hodisalar birligi, majmui”11. Yana: ”Sistema (yun.), o‘zaro munosabat va aloqada bo‘lgan, muayyan yaxlitlik, birlik hosil qiluvchi juda ko‘p elementlar”12. Demak, tizimning asosiy belgilari, birinchidan, juda ko‘p qismlardan iborat bo‘lishi kerak, ikkinchidan, bu qismlar o‘zaro munosabatda, aloqada bo‘lishi lozim.
Tizimga misol keltirish uchun gapni uzoqdan boshlashga to‘g‘ri keladi. Astronomiyadan ma’lumki, Yer sayyorasi Quyosh tizimiga kiruvchi 9 ta sayyoraning biridir. O‘z navbatida, Quyosh tizimi ham kamida xuddi shunga o‘xshagan 100 mlrd. yulduzni o‘z ichiga olgan Galaktika (bizda uni Somon yo‘li deyishadi)13 tizimi tarkibiga kiradi. Bizning galaktika esa galaktikalar tizimiga mansubdir.
Endi ulkan tizimlardan nisbatan kichik tizimlarga, ya’ni Yer sayyorasiga qaytamiz. Yer yuzida yashovchi aholi 5600 dan ortiq tilda so‘zlashadi. Yuqorida aytilganidek, til ijtimoiy hodisalar tizimiga mansub bo‘lib, bu tizimga yana adabiyot, san’at, madaniyat kabi bir qancha ijtimoiy hodisalar kiradi. Til ham o‘z navbatida tizim sifatida o‘zaro bog‘langan va munosabatda bo‘ladigan tovushlar tizimi, lug‘at tarkibi va grammatik qurilishi kabi qismlardan iborat (yuqorida bularning har biriga ta’rif berildi). Bu o‘rinda biz bu qismlarning o‘zaro aloqasi va munosabatini ochishga harakat qilamiz. Yakka olingan nutq tovushi so‘z sifatida shakllanmasa yoki so‘z tarkibiga kirmasa, u oddiy fiziologik hodisa sifatida qolaveradi. Boshqacha aytganda, nutq tovushi ijtimoiy ahamiyat kasb qilishi lozim. Masalan, u tovushi so‘zlashuvchi insonlar uchun ”o‘zga shaxs” ma’nosini ifodalovchi so‘zga aylanmasa, oddiy tovushligicha qolaveradi. O‘z navbatida u so‘zi gap ichida ishtirok etib, ma’lum vazifa bajarmasa, oddiy so‘zligicha qolaveradi. Mazkur so‘z ishtirok etgan gap esa ”gap” deb ataluvchi tizim tarkibiga kiradi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin