24. Qaysi gap tarkibida o‘tirmoq fe’li yetakchi (mustaqil fe’l) hisoblanadi?
A) U chordana qurib o‘tirdi. B) Yigit bosh ko‘tarmay ishlab o‘tiribdi. C) Aqlli bo‘lsang, shunaqa gaplarni gapirib o‘tirarmiding? D) Men sodda uning gapiga ishonib o‘tiribman.
25. Berilgan gaplarning qay birida turmoq so‘zi yetakchi fe’l vazifasida qo‘llangan?
A) Mashina maydonning o‘rtasida yurib turibdi. B) Majnuntolning kokillari osilib, yo‘lni to‘sib turibdi. C) Lug‘at kitobi stol ustida turgan edi. D) Kitobingni berib tur.
26. Faqat ko‘makchi fe’llarga qo‘shiladigan qo‘shimchalar berilgan javobni toping.
A) zamon qo‘shimchalari B) vazifa shakllari qo‘shimchalari C) shaxs-son qo‘shimchalari D) barchasi to‘g‘ri
27. Ko‘r fe’li ko‘makchi fe’l vazifasida qo‘llangan gapni aniqlang.
A) Qilingan ishlarni o‘z ko‘zing bilan ko‘r. B) Uning qanday inson ekanligini shuncha yillar mobaynida bilmay, ko‘r ekanman.
C) Bo‘lib o‘tgan voqealarni bir eslab ko‘r. D) Bugun uzoq safardan qaytaYotgan do‘stlarimni ko‘rib qoldim.
28. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi berilmagan javobni belgilang.
A) xabar qilmoq B) tasdiq etmoq C) A,B,D D) ogoh aylamoq
29. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarida shaxs-son, zamon ko‘rsatkichlari qaysi qismga qo‘shiladi?
A) shaxs-son ko‘rsatkichi yetakchi fe’lga, zamon ko‘rsatkichlari ko‘makchi fe’lga B) shaxs-son ko‘rsatkichi ko‘makchi fe’lga, zamon ko‘rsatkichi yetakchi fe’lga C) shaxs-son va zamon ko‘rsatkichlari yetakchi fe’lga D) shaxs-son va zamon ko‘rsatkichlari ko‘makchi fe’lga
30. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi berilgan qatorni toping.
A) harakat qilmoq B) solib ko‘rmoq C) kasal bo‘lmoq D) bayon qilmoq
Dostları ilə paylaş: |