13. Fe’l shakllaridan qaysilari tuslanishi mumkin? A) ravishdosh B) sifatdosh C) harakat nomi D) A, B 14. Quyidagi omonim so‘zlardan qaysi biri tuslovchi qo‘shimchalarni qabul qilmaydi? A) tom(uyning tomi) B) tom(asarning tomi) C) tom(tom ma’no) D) A, B, C 15.Kelsinlar fe’li qanday morfologik ma’no beradi? A) III shaxs ko‘plik ma’nosini; B) III shaxs birlik hurmat ma’nosini; C) II shaxs birlik hurmat ma’nosini; D) A, B, C 16. Agar ahil bo‘lib yashasangiz, sizni hech qanday kuch yenga olmaydi. Misolda berilgan shart maylidagi fe’l qaysi ma’noni ifodalash uchun qo‘llangan? A) iltimos, maslahat B) faraz, gumon C) shart D) orzu-istak 17. Fe’ldagi shaxs-son qo‘shimchalari qo‘shimchalarning ma’no va vazifasiga ko‘ra qaysi turiga kiradi? A) so‘z yasovchi qo‘shimchalar B) fe’l yasovchi qo‘shimchalar C) so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar D) turlovchi qo‘shimchalar 18. Qaysi qatordagi so‘zlarda tuslovchi qo‘shimchalar mavjud emas? A) qaynashim, qaynashing, qaynashi; B) qaynadim, qaynading, qaynadi; C) bordim, bording, bordi; D) bordik, bordingiz, bordilar; 19.Iya, jiyan, o‘zlari-ku, kelsinlar, kelsinlar, sog‘-salomat bormilar?Ushbu gapda qo‘llangan shaxs-son qo‘shimchasining vazifasi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? A) 3-shaxs ko‘plik shakli 3-shaxs birlik ma’nosida qo‘llangan B) 3-shaxs ko‘plik shakli 2-shaxs birlik ma’nosida qo‘llangan C) 3-shaxs ko‘plik shakli 2-shaxs ko‘plik ma’nosida qo‘llangan D) 2-shaxs ko‘plik shakli 2-shaxs birlik ma’nosida qo‘llangan 20. Tuslanadigan so‘zlar qaysi qatorda berilgan? A) o‘qish, yozish B) o‘qigani, yozgani C) kelgan, borgan D) barcha so‘zlar tuslanadi 21. Odamlar bir-birlariga ko‘mak beradilar. Ushbu gapda qo‘shma fe’l tarkibidagi -lar qanday qo‘shimcha hisoblanadi? A) ko‘plik qo‘shimchasi B) hurmat shakli qo‘shimchasi C) tuslovchi qo‘shimcha tarkibiga kiruvchi qism D)hurmat ma’nosini ifodalagan ko‘plik shakli qo‘shimchasi