26.Fe’l nisbatlarining ta’rifi to‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) Harakatning kim yoki nima tomonidan bajarilishini bildiruvchi fe’l shakllari B) bajaruvchining holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari C) bajaruvchining harakat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari D) B,C.
27. Quyidagi fe’llarning qaysi biridan o‘zlik nisbati yasalmaydi?
A) so‘kmoq B) kesmoq C) kavshamoq D) qiynamoq
28. Uni ancha erkalatib qo‘ygan edilar. Ushbu gapdagi erkalatib fe’li qaysi nisbat shaklida?
A) o‘zlik nisbat B) birgalik nisbat C) aniq nisbat D) orttirma nisbat.
29. Orttirma nisbat qo‘shimchalaridan iborat qatorni ko‘rsating.
A) –tir, -giz, -ish, -il, -sat B) -in, -ish, -sa C) -ir, -iz, -ar, -t, -dir D) –t, -gaz, -sh, -qaz
30. Quyidagi gapda majhul nisbatdagi fe’l shakli qaysi sintaktik vazifada kelmoqda? Biror chaqirim yurilsa, bu yo‘l katta guzarga olib chiqadi.
A) ega B) kesim C) to‘ldiruvchi D) hol
1-VARIANT (17 - MA’RUZA: FE’LLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI)
1. Fe’llarning munosabat shakllariga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni toping.
A) fe’l asoslariga qo‘shilib, gapda hol vazifasida qo‘llanilishga xoslovchi shakllar B) fe’l asoslariga qo‘shilib, gapda aniqlovchi vazifasida qo‘llanilishga xoslovchi shakllar C) fe’l asoslariga qo‘shilib, gapda kesim vazifasida qo‘llanilishga xoslovchi shakllar D) fe’l asoslariga qo‘shilib, gapda ega va to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llanilishga xoslovchi shakllar.
2. Fe’llarning munosabat shakllari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) nisbat qo‘shimchalari B) mayl qo‘shimchalari C) shaxs-son qo‘shimchalari D) zamon qo‘shimchaci
3. Shaxs-son shakllarining xususiyatlari noto‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating.
A) fe’lni kesim sifatida shakllantiradi B) fe’lni ega bilan bog‘lab keladi C) zamon qo‘shimchalarini qabul qilmaydi
D) fe’l ifodalagan ish-harakatning bajaruvchisini ko‘rsatadi
Dostları ilə paylaş: |