2. Biz muzeyga bordik. Ushbu gapdagi bordik so‘zining lug‘aviy ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A) fe’l B) I shaxs ko‘plikda C) o‘tgan zamon fe’l D) lug‘aviy ma’nosi berilmagan. 3. Kuyindi, kuyundi so‘zlari o‘zaro qanday farqlanadi? A) kuyundi – fe’l, kuyindi – ot B) kuyindi – fe’l, kuyundi – fe’l C) kuyindi talaffuz qilinadi, kuyundi yoziladi D) kuyunditalaffuz qilinadi, kuyindiyoziladi 4. Harakatning bajaruvchisi deganda nima nazarda tutiladi? A) fe’llardan anglashilgan holatni bajaruvchi narsaB) fe’llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi shaxs C) fe’llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi narsa D) B va C. 5. Quyidagilardan qaysi biri fe’lning lug‘aviy shakllaridan hisoblanadi? A) to‘liqsiz fe’llar B) ko‘makchi fe’llar C) harakat tarzi fe’llari D) sifatdoshlar 6. Shakldosh(omonim)lik xususiyatiga ega bo‘lgan -ma qo‘shimchasi qanday holatda urg‘usiz qo‘shimcha hisoblanadi? A) fe’ldan bo‘lishsizlik shaklini hosil qiluvchi bo‘lganda B) -ma qo‘shimchalari barcha hollarda urg‘usiz qo‘shimcha C) fe’ldan ot hosil qiluvchi bo‘lganda D) -ma qo‘shimchalari barcha hollarda urg‘uli qo‘shimcha 7. Harakat fe’llariga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni toping. A) shaxsning jismoniy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar B) narsaning jismoniy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar C) shaxsning aqliy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar D) A, B. 8. Holat fe’llariga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni toping. A) shaxslarning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe’llar B) narsalarning bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tishini ifodalovchi fe’llar C) A, B D) shaxslarning bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tishini ifodalovchi fe’llar.