5. Uning quchog‘ida g‘amdan yo‘q nishon,
U yerda tentimas iblis xayoli.
U yerda do‘stlikni ulug‘lab inson,
Takallum qiladi qumri misoli.
Misralar muallifi kim? 1-misradagi olmosh qaysi gap bo‘lagi vazifasida?
A) U. Nosir; hol B) E. Vohidov; ega C) A. Oripov; aniqlovchi D) R. Parfi; aniqlovchi
6. Olmoshlarga xos grammatik xususiyatlar qaysi javobda noto‘g‘ri izohlangan?
A) Olmoshlardan ba’zi qo‘shimchalar orqali ot, ravish yoki fe’llar yasalishi mumkin. B) Olmoshlar ba’zi so‘zlar bilan qo‘shilib, boshqa so‘z turkumiga ko‘chishi mumkin. C) Olmoshlar ba’zi so‘z turkumlaridan qo‘shimchalar yoki sintaktik yo‘l bilan yasalishi mumkin. D) olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartuvchilar bilan o‘zgaradi.
7. Qaysi so‘z turkumlari turlanadi?
A) olmosh, ot, otlashgan so‘zlar B) sifat, son, olmosh C) ravish, olmosh, bog‘lovchi D) mustaqil so‘z turkumlarining barchasi
8. Turlanish qaysi turkumlariga xos?
A) olmosh, son B) fe’l, olmosh C) sifat, ravish D) ot, olmosh.
9. Saida bu ayolni darrov yomon ko‘rib qoldi. Ushbu misoldagi olmosh gapning qaysi bo‘lagi bo‘lib kelgan?
A) ega B) kesim C) to‘ldiruvchi D) aniqlovchi
10. Olmoshning gapdagi vazifasi qaysi qatorda to‘liqroq va to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) ega B) to‘ldiruvchi C) aniqlovchi D) aniqlovchi, to‘ldiruvchi, ega, undalma
11. Bir xil talabalar berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmaydilar. Ushbu gapdagi olmoshlarni toping.
A) bir xil B) bir C) o‘z, bir xil D) o‘z
12. Bir o‘lka bor dunyoda biroq bitilmagan dostondir bori. Ushbu gapdagi olmosh o‘rnida kelgan so‘zni toping.
A) bori, bir B) bori C) bor D) bir
Dostları ilə paylaş: |