9. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarida quyidagi qo‘shimchalardan qaysi biri ba’zan yetakchi, ba’zan ko‘makchi fe’lga qo‘shilishi mumkin? 1. Shaxs-son qo‘shimchalari 2. Zamon ko‘rsatkichlari 3. Ko‘plik qo‘shimchasi 4. Nisbat ko‘rsatkichi. A) 1,2 B) 3,4 C) 3 D) 4 10. Qaysi gap tarkibida o‘tirmoqfe’li ko‘makchi fe’l hisoblanadi? A) Yigit bosh ko‘tarmay ishlab o‘tiribdi. B) Aqlli bo‘lsang, shunaqa gaplarni gapirib o‘tirarmiding? C) Men sodda uning gapiga ishonib o‘tiribman. D) A,B,C 11. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi berilmagan qatorni toping. A) olib qo‘ymoq B) sotib yubormoq C) olib chiqmoq D) yozib bermoq. 12. Qaysi qatordagi birikuv ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi hisoblanmaydi? A) yozdi-oldi B) qiynalibroq qoldiC) qarab-qarab qo‘ydi D) javob bermoq. 13.Gap bilan ovora bo‘lib, kechikib ham qolibman. Ushbu gapdagi fe’llar qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? A) bo‘lib, kechikibqolibman – mustaqil sodda fe’llar B) ovorabo‘lib – qo‘shma fe’l; kechikibhamqolibman – ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi C) ovorabo‘lib – qo‘shma fe’l; qolibman – mustaqil so‘z D) bo‘lib – mustaqil fe’l; qolibman – mustaqil fe’l 14. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi tarkibidagi yetakchi va ko‘makchi fe’llar qanday qo‘shimchalarni qabul qilishi mumkin? A) yetakchi fe’llar – shakl yasovchilarni; ko‘makchi fe’llar – so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni B) yetakchi fe’llarga shakl va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar qo‘shilmaydi, Ushbu qo‘shimchalar ko‘makchi fe’llarga qo‘shilishi mumkin C) yetakchi fe’llarga shakl yasovchilar, ko‘makchi fe’llarga shakl va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin D) shakl va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar yetakchi yoki ko‘makchi fe’llarga qo‘shilishi mumkin