16. Bo‘lishlilik ma’nosi ifodalangan qatorni aniqlang.
A) Otaqo‘zi shaharga kelsa, kirmay ketmaydi. B) U na o‘qiydi, na yozadi. C) Bugungi ishni ertaga qo‘yma. D) Gapiradi-ya, gapiradi, gapirib bo‘pti.
17. Qaysi qatorda bo‘lishlilik ma’nosi ifodalangan?
A) yozmay tur B) yoza ko‘rma
C) yozmay qo‘yma D) ko‘rgani yo‘q
18. Tasdiq ma’nosi (bo‘lishli ma’no)ni ifodalovchi fe’l qaysi gap tarkibida qo‘llangan?
A) Oftob ko‘rinmas edi. B) Buyuk ishlar birdan qilinmaydi. C) Munisxon va’da bergan vaqtida kelmay qolmaydi D)Kim buyuk maqsadga intilsa, o‘zini o‘ylamasligi zarur.
19. Bo‘lishsiz fe’llar qaysi qatorda?
A) qiziqmoq, kiyinmoq, bajarmoq B) egallamoq, aytmoq, yozmoq C) bormoqchi emas, ko‘rgan emas, yirtmayman
D) ulug‘lamoq, to‘xtamoq, eslamoq
20. Qaysi grammatik ma’no maxsus ko‘rsatkichga ega emas?
A) fe’llarda o‘zlik nisbati B) otlarda ko‘plik C) fe’llarda bo‘lishlilik D) A va B
21. So‘z tarkibidagi -ma qo‘shimchasiga urg‘u tushsa u qanday vazifa bajarishi mumkin?
A) sifat yasovchi B) ot yasovchi C) ot va fe’l yasovchi
D) fe’lning bo‘lishsiz shaklini yasovchi
22. Qaysi qatorda o‘timli fe’l berilgan?
A) sayrashmoq B) taranmoq C) ko‘rilmoq D) sayratmoq
23. O‘timli fe’llar qanday kelishikdagi so‘zlarga bog‘lanmaydi?
A) tushum B) chiqish C) jo‘nalish D) B,C
24. Quyidagi fe’llar ichidan o‘timlilari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.1) almashmoq; 2) jiringlamoq; 3) o‘xshamoq;
4) jilmaymoq; 5) yuzlanmoq; 6) kuyinmoq; 7) kiymoq;8) so‘roqlamoq; 9) so‘ramoq;10) quvonmoq;11) joylashtirmoq.
A) 1,7,8,9,11. B) 1,2,4,5,10. C)2,7,9,11. D)1,3,4,6,7.
25. Qanday fe’llar o‘timli fe’llar sanaladi?
A) tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lana oladigan fe’llar B) tuslanadigan barcha fe’llar C) jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lana oladigan fe’llar D) ko‘makchi yoki kelishik shaklidagi so‘zlar bilan bog‘lana oladigan fe’llar
Dostları ilə paylaş: |