O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti


Fe’lga xos so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni toping



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə302/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

4. Fe’lga xos so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni toping.
A) fe’l yasovchi qo‘shimchalar B) zamon qo‘shimchalari C) nisbat qo‘shimchalari D) shaxs-son qo‘shimchalari.
5. Quyidagi omonim so‘zlardan qaysi biri shaxs-son qo‘shimchalarini qabul qilishi mumkin?
A) o‘t (o‘t-o‘lan) B) o‘t (olov) C) o‘t (fe’l) D) A va B
6. Fe’lning shaxs va sonda tuslanganini bildiruvchi qo‘shimchalar qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra qaysi turiga mansub bo‘ladi?
A) so‘z yasovchi B) shakl yasovchi C) so‘z o‘zgartiruvchi D) negiz hosil qiluvchi
7. Uchinchi shaxsni qaysi vositalar ifodalay oladi?
A) kishilik olmoshlarining ba’zilari B) egalik qo‘shimchalarning ba’zilari C) shaxs-son qo‘shimchalarining ba’zilari D) A,B,C
8. Tuslovchilarni toping.
A) kitoblar, dalalar, tog‘lar B) daftarim, asari, uyi C) beshta, o‘nlab, ettinchi D) o‘ylagansan, kezdik, sevinding
9. Harakatning so‘zlovchi tomonidan bajarilishini bildiradigan fe’l shakllari qaysi qatorda?
A) keldi, o‘qidi, yozdi B) bording, sug‘ording, olding, C) kutdim, ko‘rdim,aytdik D) ishladingiz, unutdingiz, kuyladingiz
10. Fe’lga xos grammatik kategoriya (xususiyat)lardan qaysi biri sintaktik munosabat ifodalashga xizmat qiladi?
A) shaxs-son qo‘shimchalari B) nisbat va mayl qo‘shimchalari C)zamon qo‘shimchalari D) A,C
11. Fe’llardagi tuslovchi 1-shaxs birlik va ko‘plik qo‘shimchalari -m, -k fe’l o‘zak-negiziga qay tarzda qo‘shiladi?
A) zamon yasovchi –di qo‘shimchasidan so‘ng B) mayl yasovchi –sa qo‘shimchasidan so‘ng C) o‘zak-negizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
D) A, B
12. Qaysi gapda I shaxs ko‘plik shaklidagi fe’l II shaxs ko‘plikdagi fe’lni ham ifodalashi mumkin?
A) Qani endi ishga tushaylik. B) Xo‘sh, endi bunga nima deysiz? C) Eh, do‘stim, bizdek bo‘lishing uchun ko‘p ishlashing kerak. D) Biz bu masalani boshqacha usul bilan hal qildik.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin