O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti


-MA’RUZA SIFATDOSH VA HARAKAT NOMI, ULARNING GRAMMATIK MA’NOLARI, YASALISHI



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə140/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

8-MA’RUZA
SIFATDOSH VA HARAKAT NOMI, ULARNING GRAMMATIK MA’NOLARI, YASALISHI
Reja:
1. Sifatdosh, uning xususiyatlari va yasalishi.
2. Harakat nomi va uning xususiyatlar, yasalishi.


1. Sifatdosh, uning xususiyatlari va yasalishi.

Predmet belgisini harakat va holat vositasida bildiradigan, gapda sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajarishga mos bo`lgan fe’l shakli sifatdosh deb ataladi: So`zlayotgan kishining o`ziga emas, so`ziga e’tibor qil («Tafakkur gulshani»). Ko`chaning ikki chetidagi turli mollar bilan savdo qiluvchi do`konlar joylashgan (M.Qoriev) gaplaridagi so`zlayotgan, savdo qiluvchi sifatdoshlari kishi, do`konlar otlariga bog`lanib, uning harakat belgisini bildirib, sifatlovchi (aniqlovchining bir turi) vazifasini bajargan.


Sifatdosh quyidagi affikslar bilan yasaladi:
1) fe’l o`zak-negiziga –gan (-kan, -qan) affikslarni qo`shish bilan: yuklagan, kechikkan, qiziqqan (fe’l negizi k yoki g bilan tugasa, -kan; q yoki g` bilan tugasa, -qan tarzida).
Bu affiks sifatdosh yasashda eng mahsuldor, unumli affiks sanaladi.
Eski o`zbek adabiy tilida –gan affiksining ekvivalenti –mish, -dik affikslari bilan ham yasalgan (bu affikslar hozir ham uchraydi).
2) fe’lning –a, -y affiksi bilan tugagan ravishdosh negiziga –digan, -yotgan affikslarini qo`shish bilan: kelayotgan, o`qiyotgan, boradigan, ishlaydigan kabi;
3) fe’l o`zak-negiziga –r (-ar) qo`shilishi bilan (unlidan so`ng –r, undoshdan so`ng –ar): buklar, ko`kar kabi;
4) fe’l o`zak-negiziga –vchi (-uvchi) qo`shilishi bilan (unlidan so`ng –vchi, undoshdan so`ng –uvchi): boshlovchi, kutuvchi kabi;
Eski adabiy tilda sifatdoshning bu turi –guchi, -g`uchi shaklida ham ishlatilgan: aytguchi, kelguchi. Bu shakl hozir ham she’riyatda uchraydi: Kulimsirab turg`uchi toleing porloq (G`.G`.).
Bu affiks bilan yasalgan sifatdoshning ot so`z turkumiga ko`chish holati ham uchraydi: o`quvchi, to`quvchi, yozuvchi kabi.
5) fe’l negiziga –ajak qo`shilishi bilan: kelajak, bo`lajak kabi;
6) fe’l negiziga –gusi, -g`usi qo`shilishi bilan: kelgusi, bo`lg`usi kabi.
Sifatdosh leksik-semantik jihatdan harakat tushunchasini anglatadi. Shunga ko`ra sifatdosh fe’l sanaladi va fe’lga xos bo`lgan grammatik xususiyatlarga egadir, ya’ni:
1) o`timli-o`timsizlik ma’nosini ifodalaydi: o`qigan, yozdirgan - o`timli; qolgan, qiziqtirgan - o`timsiz sifatdosh;
2) bo`lishli-bo`lishsizlik ma’nosini ifodalaydi: o`qigan – bo`lishli, o`qimagan – bo`lishsiz; aytar – bo`lishli, aytmas – bo`lishsiz sifatdosh;
3) nisbat ma’nosini anglatadi: yuvgan - aniq nisbat, yuvingan - o`zlik nisbat, yuvilgan - majhullik nisbat, yuvishgan – birgalik nisbat, yuvdirgan – orttirma nisbat;
4) sifatdoshlar tuslanganda aniqlik maylining biror zamoniga xos bo`lgan fe’lni hosil qiladi (sof fe’lga aylanadi) va kesim vazifasini bajaradi: Bu hofiz butun olamga tanilgan (O.).
Sifatdoshning deyarli barcha shakllari tuslanish xususiyatiga (-yotgan shaklidan tashqari) ega. –r (-ar) bilan yasalgan sifatdosh shakli esa hozirgi tilda ko`proq tuslangan shaklda ishlatiladi: o`qirman, o`qirsan, o`qir; o`qirmiz, o`qirsiz, o`qir(lar) kabi;
5) sifatdosh zamon ma’nosini ifodalaydi. Atributiv (sifatlovchi) holatida kelgan sifatdoshning zamon ma’nosi nisbiy sanaladi, chunki sifatdoshning zamoni nutq momentiga nisbatan emas, balki fe’l-kesimning zamoniga nisbatan belgilanadi: Ko`nglini kichik tutgan, kamtarlik yo`lidan yurgan kishi ulug`likka etadi (YUsuf Xos Xojib) gapida tuslangan fe’l etadi hozirgi-kelasi zamonni ifodalasa, ko`nglini kichik tutgan, kamtarlik yo`lidan yurgan sifatdoshlari o`tgan zamonni ifodalaydi.
Sifatdoshlar zamon ma’nosiga ko`ra uch guruhga bo`linadi: o`tgan zamon sifatdoshi, hozirgi zamon sifatdoshi, kelasi zamon sifatdoshi. Sifatdoshlarni hosil qiluvchi maxsus grammatik ko`rsatkichlar sifatdoshning nisbiy zamon ko`rsatkichi ham sanaladi.
O`tgan zamon sifatdoshi predmetning nutq so`zlanib turgan vaqtdan ilgari bo`lgan harakat belgisini anglatadi. –gan (-kan, -qan) grammatik ko`rsatkichlari bilan yasalgan sifatdosh o`tgan zamon sifatdoshini hosil qiladi: Murabbiysi bo`lmagan odamni hayot o`zi tarbiyalab qo`yadi («Otalar so`zi»).
Hozirgi zamon sifatdoshi predmetning nutq so`zlashib turgan vaqtida davom etayotgan harakat belgisini anglatadi.
Hozirgi zamon sifatdoshi –yotgan, -vchi (-uvchi) affikslarini qo`shish bilan hosil bo`ladi: Adolat biz qurayotgan jamiyatning mezoni bo`lmog`i darkor (I.A.Karimov). Elmurod bu erga keluvchi mehmonlarning hammasini tanib oldi (P.Tursun).
Kelasi zamon sifatdoshi predmetning nutq so`zlanib turgan vaqtdan keyin bajariladigan harakat tarzidagi belgisini anglatadi. Kelasi zamon sifatdoshi –r (-ar), -digan, -ajak affikslari bilan yasaladi: Aytar so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt (Maqol). Dehqon kelasi kuzda oladigan hosilining g`amini shu kuzdan ko`radi (M.Ismoiliy).
Sifatdosh fe’l shaklining «sifatdosh» deb atalishi, uning sifat singari predmetning belgisini bildirishiga ko`radir. Sifatlar predmetning rangi, hajmi, mazasi, xususiyati kabilarni bildirsa, sifatdosh predmetning harakat va holat belgisini anglatadi.
Demak, sifatdosh sifatga xos bo`lgan grammatik xususiyatlarga ham egadir, ya’ni:
1) sifatdosh morfologik jihatdan o`zgarmaydi (egalik, kelishik, ko`plik affikslarini olmaydi);
2) sifatdosh otga bog`lanib kelib, predmetning harakat belgisini bildiradi va gapda sifatlovchi vazifasini bajaradi: Ko`klam quyoshidan ko`kargan qirlar, ko`m-ko`k (H.Olimjon). Xadichabegim yurt uchun qayg`uradigan bir malika ekanini ko`rsatishni sevardi (Oybek).
3) sifatdosh otlashish xususiyatiga ega, bunday holda sifatdosh bog`lanib kelgan ot qo`llanmaydi va sifatdosh ot kabi so`z o`zgartiruvchi (egalik, kelishik, ko`plik affikslarini) affikslarni oladi, ot singari sintaktik vazifalarni (ega, to`ldiruvchi, qaratuvchi) bajaradi: Yo`lni bilgan qoqilmaydi (Maqol). Qishloq xo`jaligida bevosita ishlab chiqaruvchining o`zi xo`jayin bo`lishi shart (I.Karimov). Ko`p yurgandan so`rama, ko`p ko`rgandan so`ra (Maqol). Dushmanga nafrati bo`lmaganning Vatanga muhabbati bo`lmas (Maqol).



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin