O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakul’teti



Yüklə 353,36 Kb.
səhifə1/10
tarix05.05.2023
ölçüsü353,36 Kb.
#108382
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ozbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TARIX FAKUL’TETI
MILLIY G’OYA VA MA’NAVIYAT ASOSLARI” KAFEDRASI
Milliy g’oya , ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi“ yo’nalishi 404-guruh talabasi Babajanov Nasim

MAVZU: O’zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash.
Ilmiy rahbar:______________U.Nigmanova
Kafedra mudiri_____________ M.Sobirova

Toshkent-2014

REJA

KIRISH
I.BOB. MILLIY-MA’NAVIY TIKLANISHNING IQTISODIY ASOSLARI

1.1. O’zbekistonning iqtisodiy boyliklari milliy-ma’naviy tiklanish omillaridan biri.
1.2. Mustaqillikning iqtisodiy asoslarini yaratish milliy tiklanishning muhim shartlaridan biri.
II.BOB.O’ZBEKISTON TARAQQIYOT SARI
2.1. Taraqqiyotning o’zbek modeli.
2.2. Milliy-ma’naviy tiklanish jarayonida taraqqiyotning o’zbek modeli va uning ahamiyati
XULOSA
ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston o’zining bebaho paxtasi, pillasi, g’allasi, chorvachilik mahsulotlari, qorako’li, shirin-shakar mevasiyu, sabzavotlari, yuksak did va mahorat bilan tayyorlangan hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, naqqoshlik asarlari bilan dunyoga allaqachon ma’lum va mashhurdir.
O’zbekistonning tabiiy boyliklaridan biri, doimo mamlakat faxri bo’lib kelgan asosiy boyligi uning paxtasidir. O’zbekiston paxta yetishtirish bo’yicha dunyoda uchinchi o’rinni egallaydi. Uning sifatli tolasini harid qilishga Yevropa, Osiyo mamlakatlari va boshqa davlatlar doimiy xaridor hisoblanadi. “Oltin zaxiralari bo’yicha Respublika dunyoda 4-o’rinda, uni qazib olish bo’yicha 7-o’rinda, mis zaxiralari bo’yicha 10-11-o’rinda, uran zaxirasi bo’yicha 7-8-o’rinda turadi”2.
Shu o’rinda ulkan boyliklar egasi va O’zbekistonni doim gullab-yashnashiga xizmat qilib kelayotgan uning bugungi kunda ko’pming sonli aholisi haqida gapirib o’tish joiz. Azaldan shu tuproqda istiqomat qilib kelayotgan xalq - o’zbeklar butun aholining 72 foizini tashkil etadi. Turli millat va elatlardan iborat mamlakat aholisi har yili o’rtacha 450-550 ming kishiga ko’paymoqda. Aholi sonining o’sib borishi bu yerda ishchi kuchining o’sishiga va mamlakat makroiqtisodiyotining taraqqiy etishiga zarur tabiiy imkoniyatdir.
Boy imkoniyatlarga ega, sersuv, serunum hosildor yerlar, mehnatkash xalq, gullab-yashnagan voha har doim ayrim xorijlik chet dushmanlar nafsini qitiqlab kelgan. Tariximizni varaqlab ko’rsak, ona tuprog’imiz mudom qaysidir kelgindi bosqinchilar oyog’i ostida toptalganligi, bebaho boyliklarimiz talon-taroj bo’lganligining guvohi bo’lamiz.
Mustaqillik O’zbekiston xalqi hayotida yangi tarixiy davrni boshlab berdi. Prezident I.A.Karimov tomonidan ilmiy-nazariy jihatdan asoslanib berilgan O’zbekistonning istiqlol va taraqqiyot yo’li besh tamoyilga ega. Ana shu tamoyillarning birinchisi iqtisodning siyosatdan ustunligi va uning mafkuraviy holatlardan xoliligidir. O’zbekiston iqtisodiyoti uzoq yillar davomida zo’ravonlikka asoslangan, markazdan boshqarilib turiladigan (derektiv) iqtisoddan iborat ediki, oqibatda respublika tabiiy ehtiyoj-imkoniyatlari hisobga olinmay rejalashtirildi. Bu esa mamlakat iqtisodida turli buzilishlar, o’pirilishlar va yo’qotishlarga olib keldi. Mana shu xunuk oqibatlarni tuzatish, inqirozga yuz tutgan mamlakat iqtisodini qayta oyoqqa turg’izish, xalqni hech qanday larzalarsiz, burnini qonatmay inqiroz davridan eson-omonlik bilan olib chiqish mustaqillikning ilk kunlaridagi eng dolzarb masala bo’ldi.
Mustaqillikning dastlabki yillari xalqqa oson bo’lmadi. Iqtisodiy yetishmovchilik, xalq iste’mol tovarlarining taqchilligi, ishsizlik ketma-ket boshqa muammolarni keltirib chiqarardi. Mana shunday murakkab bir sharoitda davlat rahbarlaridan o’ta mohirlik va tadbirkorlik bilan, uzoqni ko’zlab, xalqning barcha qatlamlarini birday ijtimoiy himoya qilgan holda iqtisodiy siyosat yuritishni taqozo etadi.

Yüklə 353,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin