O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə64/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

to'rtta (nechta?) so'zlari sanoq, ikkinchi, uchinchi (nechanchi?)
so'zlari tartib bildirayotganini aniqlaydilar va ularni guruhlaydilar
(sanoq bildiruvchi so'zlar, tartib bildiruvchi so'zlar). Shuning ichida
umumlashtirish ham amalga oshiriladi. Sonning leksik ma’nolari
bilan uning grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi: narsa, shaxs
bildirgan so'zlarga bog'lanib-keladi, tartib bildirgan so'z -nchi, -inchi
qo'shimchasini oladi va hokazo.
„Son — so'z turkumi" sifatida unga xos bo'lgan quyidagi xususiyatlar
ajratiladi: a) shaxs; b) narsalarning sanog'ini, tartibini bildiradi va
www.ziyouz.com kutubxonasi
nechta?, qancha?, nechanchi?so'roqlariga javob boMadi; d) gapda otga
bog'lanib keladi; e) gapda ikkinchi darajali bo'lak vazifasida keladi.
Bu bosqichda og'zaki va yozma shakldagi ijodiy yozma ishlar (tabiat,
yil fasllari, qushlar, hayvonlar, o'simliklar haqida kichik hikoya
tuzish) o'tkaziladi, o'quvchilaming sonlardan o'rinli va savodli foydalanishlariga
diqqat qaratiladi. Son bilan shakldosh so'zlar o'quvchilarga
aniqlatiladi, ma’nosi izohlatiladi: uch-uch, yuz-yuz, qirq-qirq kabi.
4-bosqichda eng asosiy e’tibor sonlarning imlosiga qaratiladi,
ya’ni sonlarning har bir qismini alohida yozish (yetti, yigirma yetti),
chiziqchasiz va chiziqcha bilan yozish (7 o'quvchi, 7-sinf, X sessiya,
8-dekabr, 1992-yil), qo'shimcha qo'shilgandan keyin son
o'zagidagi o'zgarishlarni yozuvda to'g'ri ifodalash (ikki+ov—ikkov,
yetti+ov=yettov, ikki+ala=ikkala), qo'sh undoshli sonlarning yozilishi
(ikki, yetti, sakkiz, o'ttizj, sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr
so'zlari bilan qo'llanishi yangi bilim sifatida o'rgatiladi. Sonning
3-bosqichda o'rganilgan grammatik xususiyatlari bu bosqichda asosan
mustahkamlanadi.
Metodik ishlar mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi.
Gap yoki matnni o'rganishda, chiziqchalar o'rniga mos sonlarni
qo'yib o'qish, gap tuzishda maqollar, topishmoq; matn tuzishda ertaklardan
foydalanish tavsiya etiladi. Masalan:
_______ о ‘lchab,________ kes.
_______ yigitga _______ hunar oz■
____ ketib, ________ qoldi.
Bir mayizni_____ bo ‘lib yemoq.
Pak-pakana bo ‘yi bor,______ qavat to ‘ni bor va hokazo.
Sonlarni miqdor bildiruvchi so'zlar bilan almashtirish: 100 ta —
ancha ko'p, 2 ta — kam, oz. Ulami ifodalashdagi farqni aniqlatish:
ikki raqam bilan yoziladi, kam, oz so'zlarini raqam bilan yozib
bo'lmaydi.
Sonlarning imlosiga doir mashqlarda raqamlarni harflar bilan
ifodalash (2, 7, 8, 9, 11 — ikki...: 2+ov, 7+ala, 6+ov; 10 gramm, 100
so'm, o'n so'm...), harflar bilan yozilgan sonlarni raqamlar bilan (arab
va rim) ifodalash (yetti o'quvchi, beshinchi sinf, ikki ming birinchi yil,
o'n to'rtinchi yanvar, 5-sinf, V sinf, 7 o'quvchi...) kabi topshiriqlardan
foydalaniladi. Mashqlar asta-sekin murakkablashtirib boriladi.
Boshlang'ich sinflarda sonni o'rgatish ot bilan bog'liq holda
amalga oshiriladi. Sonning ot bilan bog'lanishi asosida o'quvchilar
ko'p ma’lumotlarni ham egallaydilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sonni o'rganish yakunida o‘quvchilar quyidagi bilim, ko'nikma va
malakalarni egallashlari lozim:
1. Sonning sanoq va tartib ma’nolarini bildirishini.
2. Son nechta?, qancha?, nechanchi? so'roqlariga javob bo'lishini.
3. Son otga bog'lanib kelishini.
4. Son gapda ikkinchi darajali bo'lak vazifasida kelishini.
5. Sonlarni imlo jihatdan to'g'ri yozishni.
6. Og'zaki va yozma nutqda sonlardan to'g'ri va o'rinli foydalana
olishni.
7. Sonlarga shakldosh so'zlar topishni.
8. Matndagi sonlarni boshqa miqdor bildiruvchi so'zlar bilan
almashtirishni.
Har bir grammatik mavzu bir necha darsda o'rganiladi. Shuning
o'ziyoq o'qituvchilardan har bir darsda o'rganiladigan grammatik
material tabiatidan kelib chiqib metod, usul va ish turlarini belgilab
olishni, muayyan darslikdan kelib chiqib, darsning texnologik xaritasini
ishlab chiqishni taqozo etadi.
Yangi grammatik materialni o'rganish darsining qurilishi 2-sinfda
„Sanoq va tartib bildirgan so'zlar" mavzusi misolida quyidagicha
bo'lishi mumkin:
1. Yangi grammatik materialni o'zlashtirishni ta ’minlash, 0‘quvchilarning
oldingi bilimlarini aniqlash. Masalan, sanoq va tartib bildirgan
so'zlarni o'rganish uchun „Biz qaysi so'zlarga so'roq berishni
o'rgandik?" (shaxs va narsa, belgi bildirgan so'zlarga), „Kim?, nima?
so'roqlari qaysi so'zlarga beriladi?", „Qanday?, qanaqa? so'roqlarichi?“
kabi savollardan foydalanish mumkin.
Sinf xattaxtasiga „Ток ко‘chati o'tqazilgandan keyin uchinchi yili
hosilga kiradi“ gapi yoziladi. O'quvchilar yuqoridagi savollar asosida
narsa bildiruvchi so'zlarni belgilaydilar:
Nima? — tok
Nima? — ko'chat
Nima? — hosil
Nima? — yil
Bu savol-javob yangi materialni ongli o'zlashtirishga o'quvchini
tayyorlaydi
2. 0 ‘quvchilarga bajariladigan ishlaming maqsadi e’lon qilinadi:
— Biz siz bilan gapdagi so'zlarga so'roq berishni va shu so'zning
nimani bildirishini bilib oldik. Biz tahlil qilgan gaplarda ba’zi so'zlar
qolib ketdi. Bu darsda biz shu so'zlarga so'roq berib, nimani bildiwww.
ziyouz.com kutubxonasi
rishini aniqlaymiz („uchinchi" so'zining tagiga chizib ko'rsatiladi,
qolgan so'zlarni ham keyin o'rganishlari aytiladi).
3. Yangi grammatik materialni tushuntirish. Yangi material tanlangan
gaplarni grammatik tahlil qilish va xulosa chiqarish yo'li bilan tushuntiriladi.
Tushuntirish izchil olib boriladigan ikkita ishdan iborat:
a) matn (ichki) tahlili: agar mavzu keng tushuntirishni taqozo etmasa,
birinchi misolni tahlil qilish bilanoq xulosa aytib qo'ya qolinadi.
Sanoq va tartib bildirgan so'zlar xuddi shunga to'g'ri keladi.
Keng va bir qancha muhim belgilarga ega bo'lgan grammatik
material tushuntirilsa, unda bir nechta misol tahlil qilingach, xulosa
chiqariladi (so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalar, o'zakdosh so'zlar).
Sinf xattaxtasidagi misol yoniga yana gapiar yoziladi: „Ekilgan
tokdan yuz kilogrammgacha uzum hosili olinadi
O'qituvchi: — Birinchi gapda yil so'zi orqali uchinchi so'ziga so'roq
bering (nechanchi yili?). Uchinchi so'zi qaysi so'roqqa javob bo'lyapti?
(nechanchi?) Yilning nimasini bildiryapti? Belgisini bildiryaptimi?
(yo'q).
Bolalar javob berolmaydi.
O'qituvchi sinf xattaxtasiga quyidagi birikmalami yozadi:
birinchi yili
uchinchi yili
ikkinchi yili
Tartib bo'yicha qaysi oldin turadi? (1) birinchi yili; 2) ikkinchi
yili; 3) uchinchi yili) Ко ‘rdingizmi, 1-, 2-, 3- yilning, narsaning (predmetning)
tartibini bildiryapti.
Siz nechanchi sinfda о ‘qiysiz ? (2-sinfda)
Siz qaysi sinfdan keyin turasiz ? (1 -sinfdan)
Bu jarayonda stol ustiga predmetlami qo'yib, ulaming tartibini
aniqlatish mumkin.
Bu so'zlar narsalarning tartibini bildirib, nechanchi? so'rog'iga
javob bo'ladi, narsa, shaxs bildirgan so'zlarga bog'lanib keladi:
Strelka bilan ko'rsatiladi:
uchinchi yili ikkinchi yili
Ikkinchi gap tahlili orqali sanoq bildirayotgan so'zning so'roqlari,
u bog'lanib kelayotgan so'z aniqlanadi:
qancha?
yuz kilogramm uzum
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yuz so‘zi sanoq bildiryapti, kilogramm so‘zi bilan birga qancha?
so‘rog‘iga javob bo'lyapti, uzum so'ziga, ya’ni narsa bildirgan so'zga
bog'lanyapti.

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin