O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə140/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Ekstravertlar atrof dunyoni atrofni o‘rab turgan voqe’lik bilan faol o‘zaro muloqot jarayonida tashabbuskorlik bilan, beixtiyor va hissiyotlarining ishtiroki bilan qabul qiladilar va anglaydilar, introvertlar atrof dunyoni passivlik bilan, refleksiv, ya’ni asosiy diqqatni o‘zlarining ichki sezgilari, hayollariga qaratgan holda qabul qiladilar va anglaydilar.
Ekstravert turidagi kishilar uchun laboratoriya tajribalari, dala ishlari, munozaralarda ishtirok etish va b.sh.q. ni ko‘zda tutadigan ko‘rgazmali materiallar (illyustratsiyalar, jadvallar, sxemalar, rasmlar), o‘qitish shakllarining katta hajmini o‘z ichiga olgan manbalar kerak. Ya’ni bu kishilarni o‘qitish, agar o‘qish ta’lim oluvchining axborotni qabul qilish va qayta ishlashdagi faol pozitsiyasi asosida tashkil etilgan bo‘lsa yanada samaraliroq bo‘ladi.
Introvert turidagi kishilarni o‘qitish, agar o‘quv nashr materiallari, matnlar, mustaqil ishlar, individual ijodiy topshiriqlardan foydalangan holda qurilgan bo‘lsa yanada ijobiyroq natijalarni keltirishi mumkin. Ya’ni, introvertlar uchun ularga o‘quv materialini chuqurroq o‘ylashga imkon beradigan, ularga o‘ylash, refleksiya uchun imkoniyat va vaqt beradigan o‘qish shaklari qulayroqdir.
Introvertiv xususiyatli kishilar o‘zlarining ichki g‘oyalar, konsepsiyalar va abstraksiyalarining ichki dunyosidan energiya oladilar. Ular yetarli darajada muloqotchan bo‘lishlari mumkin, lekin o‘z energiyalarini to‘ldirish uchun sokinlikka ehtiyoj sezadilar. Introvertlar o‘rab turgan dunyoni bilishni istaydilar, ular diqqatlilar va refleksiyaga moyillar. Introvertlar o‘zlari egallaydigan axborotlar bir butunga integrallashgan va o‘zaro bog‘langan holda tizimlashtirilgan o‘qishni afzal deb biladilar. Ular har qanday holatni, har qanday yechimni o‘ylaydilar.
Ekstravertlar uchun energiya manbasi bo‘lib boshqa odamlar va predmetlar xizmat qiladi. Ular boshqa odamlar bilan muloqot qilishni afzal deb biladilar, ular harakatga yo‘naltirilganlar.
Ekstravertlar, boshqalarni o‘qitayotib o‘qiydilar. Ular materialni o‘zlari va boshqalarga tushuntirmagunlaricha, uni tushunganliklariga ishonmaydilar. Ekstravertlarga guruhlarda ishlash yoqadi. Bunday guruhlarda o‘qitishning eng mos keladigan metodlari – bu birgalikdagi va muammoli o‘qitishdir.
Katta yoshli kishilarni o‘qitishda, o‘quv jarayonini tashkil etishning individual xususiyatlarini to‘g‘ri aniqlash uchun ularning o‘quv rusumini hisobga olish lozim.
Ta’lim oluvchining texnik harakatlari tashxis testlari, anketalar, suhbatlar o‘tkazish, kuzatuvni amalga oshirishga olib keladi.
Anketalar va testlar standart yoki umumiy bo‘lishi mumkin, lekin ta’lim oluvchilar tomonidan muayyan holatga qarab, amaliyotning yoki ta’lim oluvchilarning maqsadlariga qarab moslashtirilgan yoki ishlab chiqilgan anketalar va testlar samaraliroqdir.
Ta’lim oluvchining asosiy harakati kuzatuv va suhbatdan iboratdir.
Ta’lim oluvchi psixologik-andragogik tashxisni amalga oshirishda tashxisiy topshiriqlarni bajaradi va bosqichma-bosqich mustaqil o‘quv faoliyati texnologiyasini, xususan, ta’lim ehtiyojlari va o‘quv rusumlarini egallaydi,
Ta’lim beruvchi:
a) katta yoshdagilarni o‘qitish texnologiyasi, xususan, psixologik-andragogik tashxis bo‘yicha ham ta’lim oluvchining mustaqil faoliyati texnologiyasi bo‘yicha ekspert;
b) tashxis bo‘yicha ta’lim oluvchi bilan hamkorlikdagi faoliyati tashkilotchi;
v) katta yoshdagi ta’lim oluvchining unga o‘qishga bo‘lgan intilishida bevosita yoki bilvosita qo‘llab-quvvatlovchi murabbiy, maslahatchi, ruhlantiruvchi;
g) ta’lim oluvchida turg‘un o‘quv motivatsiyasini shakllantiruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi funksiyalarni bajaradi.
Ta’lim oluvchi psixologik-andragogik tashxis bosqichida ta’lim beruvchi bilan hamkorlikdagi o‘quv faoliyatida, xususan, o‘zining ta’limiy ehtiyojlarini, o‘quv rusumini tashxis qilishda ishtirokchi rolida faoliyat ko‘rsatadi
Psixologik-andragogik tashxisni majmuaviy amalga oshirish, ta’lim beruvchilarga ta’lim oluvchilarning ta’lim jarayonini qurishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi asosiy individual xususiyatlari to‘g‘risida yetarli darajada aniq tasavvurlar hosil qilishni ta’minlaydi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin