O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


O‘quvchilarning ovqatlanishini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə34/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

13. O‘quvchilarning ovqatlanishini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar.
13.1. Umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun bir martalik issiq ovqat tashkil etilishi kerak (nonushta). Ota-onalarning talablariga ko‘ra tushlik vaqti ham tashkil etilishi mumkin.
Uzaytirilgan kun guruhida o‘qiydigan o‘quvchilar o‘qish joyi tomonidan 2 marotabalik issiq ovqat (nonushta va tushlik), maktabda uzoq vaqt qoluvchilar esa kechki tushlik bilan ham ta’minlanishlari kerak.
13.2. Umumta’lim muassasalarining o‘quvchilarini ovqatlanish ratsioni va uni tashkil etish Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi kerak.
13.3. Ovqatdan zaharlanish va o‘tkir ichak infeksiyalarini maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari orasida tarqalgan vaziyatda belgilangan muddatda Davlat sanitariya epidemiologiya nazoratiga habar berish lozim.
13.4. Umumta’lim muassasalari o‘quvchilarini ovqatlarida quyidagilarni qo‘llash mumkin emas:
- flyaga, bochkalardagi issiqlik bilan qayta ishlanmagan (qaynatilmagan) sutlarni qo‘llash mumkin emas;
- tvorog va smetalarni issiqlik bilan qayta ishlanmagan tabiiy holda qo‘llash mumkin emas (tvorog zapekanka, sirnik, vatrushka ko‘rinishida, smetanani birinchi ovqat tayyor bo‘lishiga 10 daqiqa qolganda qayla sifatida qo‘llash mumkin);
- sut va prostokvashani tabiiy holda, shuningdek tvorog tayyorlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi;
- termik qayta ishlanmagan yashil no‘xatni;
- qiyma go‘sht qo‘shilgan makaronlar, go‘sht va tvorog solingan quymoqlar, okroshka, pashtet, baliqdan tayyorlangan farshmag, quyma taomlar(xolodes go‘shtli va baliqli);
-ichimliklar, termik qayta ishlanmagan mors, kvas;
-qo‘ziqorinlar;
- tuxum bilan qovurilgan makaronlar, qovurilgan tuxum;
-pirojniylar, kremli tortlar.
13.5. Ozuqa bloki ishchilari amal qilishi kerak bo‘lgan shaxsiy gigiena qoidalariga qo‘yiladigan talablar.
Ozuqa bloklariga amaldagi qonun va qarorlariga mos tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, shuningdek, gigienik tayyorgarlik kursidan o‘tgan va imtihon topshirgan xodimlar ishga olinadi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddatlariga amal qilish nazorati maktab tibbiy xodimiga topshiriladi.
Har bir ishchiga shaxsiy tibbiy daftar ochilib, unga tibbiy ko‘rik natijalari, boshdan kechirgan infeksion kasalliklar, sanitar minimumni topshirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoziladi.
Jamoat ovqatlanish tashkilotlari xodimlari quyidagi shaxsiy gigiena talablariga amal qilishlari kerak:
- ishga toza ust kiyim va oyoq kiyimda kelish;
- ustki kyim-bosh va shaxsiy buyumlarni kiyim almashtirish xonasida qoldirish;
- tirnoqlarni kalta qilib olib yurish;
- ish boshlashdan avval qo‘llarni yaxshilab sovunlab yuvish, toza sanitar kiyyimlarni maxsus ajratilgan joyda kiyish, hojatxonaga kirib chiqqandan so‘ng qo‘llarni sovunlab, imkoni bo‘lsa dezinfeksiyali sovunda yuvish kerak;
- shamollash kasalliklari yoki ichakdagi buzilishlar sezilganda, shuningdek yiringli yaralar, kesib olish, kuydirib xolatlari bo‘lsa, ma’muriyatga xabar berish va davolanish uchun tibbiyot muassasastga borish;
- xodim oilasidagi oshqozon ichak infeksiyalari to‘g‘risidagi vaziyatlarni aytish kerak;
Maktab ozuqa bloklarida quyidagilar qat’iyan man etiladi:

- ovqat tayyorlash, pishiriqlar pishirishda taqinchoqlar taqish, tirnoqlarni lak bilan bo‘yash, sanitar kiyimlariga to‘g‘nog‘ichlar taqish;


- ovqatlanish, ish joyida chekish. Ovqatlanish va tamaki chekish maxsus ajratilgan xonalardagina ruhsat beriladi.
Har kuni ish smenasi boshlanishidan avval tibbiy xodim ishchilarning tanasidagi ochiq joylarida yiringli yaralarning bor yoki yo‘qligini tekshirib chiqadi. Terisida yiringli kasalliklari, kesilgan, kuygan joylari, yaralari, shuningdek yuqori nafas yo‘llari katarasi mavjud bo‘lgan shaxslar boshqa vazifalarni bajarishga taqsimlanadi. Ko‘rik natijalari belgilangan formadagi jurnalga kiritib boriladi.

Har bir ovqat blokida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan aptechka bo‘lishi kerak.





Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin