Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org
2. Strategiya tushunchasi va turlari Strategiya - bu umumiy maqsadli dastur bo’lib, asosiy maqsadga erishish uchun muammolar va manbalarning ustuvorliklari aniqlanadi, ya‘ni u muassasaning maqsadi va maqsadlariga erishilishini ta‘minlash uchun ishlab chiqilgan batafsil kompleks reja. Strategiya muassasa yagona harakat yo’nalishini oladigan tarzda ularga erishish uchun asosiy maqsadlar va asosiy yo’llarni belgilaydi. Strategiyani muassasa erishmoqchi bo’lgan maqsadlari va ushbu maqsadlarga erishish uchun tanlangan xulq-atvor o’rtasidagi asosiy bog’lovchi bo’g’in sifatida ko’rish mumkin. Strategiyani ishlab chiqish menejmentning asosiy funksiyalaridan biridir. Uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish, raqobatbardosh va samarali strategik harakatlar va tadbirkorlik harakatlari yondashuvlarini ishlab chiqish, shuningdek, strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish muvaffaqiyatga erishish omili hisoblanadi.
Muassasaning mukammalligi - bu mukammal strategiyaning mukammal ijrosidir.
Strategiya [strategos] yunoncha so’z bo’lib, o’zbek tilida ―general san‘ati‖ degan ma‘noni anglatadi. O’zbek tilining izohli lug’atida ham mazkur atama urush olib borish san‘ati, ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish san‘ati va ilmi ma‘nolarida talqin etilgan. Strategiya so’zi bugungi kunda bironbir faoliyatga rahbarlik qilish, korxona yoki muassasalar faoliyatini boshqarishda istiqbolni oldindan aniqlash, faoliyatni oldindan rejalashtirish, bajariladigan vazifalarning yo’nalishini aniqlash, shuningdek, maqsadga erishishda natijalarni oldindan aniqlash va nazorat qilish yo’nalishlarida keng qo’llanilmokda. Mazkur so’zdan strategik reja, strategik rejalashtirish, boshqaruv strategiyasi, strategik boshqaruv kabi tushunchalar kelib chiqqan bo’lib, bu tushunchalarning har biri o’zining mazmun-mohiyatiga ko’ra ta‘lim muassasalarini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Strategiyaga yagonata‘rif berish juda mushkul, chunki strategiya shu qadar ko’p qirraliki, unga salgina boshqa nuqtadan qaralsa ham, uning mazmuni butunlay o’zgarib ketadi:
- Strategiya- bu yakuniy natijaga erishish vositasi;
- Strategiya ta‘lim muassasasining barcha qismlarini yagona bir butunga
birlashtiradi;
- Strategiya ta‘lim muassasasining barcha asosiy jihatlarini qamrab oladi;
- Strategiya - bu ta‘lim muassasasining uzoq muddatli rejasidir;
- Strategiya ta‘lim muassasasi rejasining barcha qismlarini moslashuvini ta‘minlaydi.
- Strategiya - bu ta‘lim muassasasining kuchli va zaif tomonlarining tahlili, shuningdek rivojlanish imkoniyatlari va to’siqlarni aniqlash natijasidir.
- Strategiya - istiqbolni tadqiq kilish, turli ssenariylarni tahlil etish san‘ati;
- Strategiya - istiqbolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g’oya;
- Strategiya - bu ta‘lim muassasasining tashqi muhit o’zgarishlariga
avvaldan rejalashtirilgan munosabatidir va hokazo.
Strategiya boshqaruv vazifalarini ruyobga chiqarishning asosiy usuli hisoblanadi.